Nashrga ruxsat etaman


Download 0.56 Mb.
bet77/85
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#222297
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Bog'liq
DINSHUNOSLIK eng yangi

OQ VA QORA RUHONIYLAR – pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq» ruhoniylar oila qurish huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila qurishi mumkin emas.

ORIYLAR – oq tanli qavm hisoblanib, Hazar, ya’ni, hozirgi Kaspiy dengizining shimoliy, Yevropaning shi­moli yoki Turkmaniston mintaqasida miloddan avvalgi XVII – XVI asrdan XII asrgacha turli qabila va guruhlar shaklida yashaganlar.

OSOR – xabar, sunnat va hadisning sinonimi sifatida ish­latiladigan atama. Osor odatda sahobiylar yoki tobe’iy­larga mansub so‘zlarga nisbatan qo‘llaniladi.

OTA XUDO – Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlik­ning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan.

OXIRAT KUNI odamlar qayta tirilib, hayoti davomida bajargan har bir amali uchun hisob–kitob qilinadigan kun. U Qiyomat kuni deb ham ataladi.

OYAT – (arabcha, «belgi, mo‘‘jiza») Qur’on suralarini tash­kil etuvchi qism, «jumlalar».

PANChA SHILA buddaviylikda besh nasihat, ya’ni qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on, mast qiluvchi nar­salardan saqlanish.

PASTOR (lotincha, cho‘pon) – protestantlikdagi cherkov rahbari. Pastorlar ommaviy ibodatlarda ma’ruzalar o‘qish va cherkovning ichki faoliyatini boshqarish bilan shug‘ullanadi.

PASXA (yunoncha, ivritcha – «yonidan o‘tish») – xristi­anlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy–Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi.

PRESVITER (lotincha, «oqsoqol, jamoa boshlig‘i») – xri­stian ruhoniylik iyerarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar ham presviter deb atalishgan.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling