Nashrga ruxsat etaman
MAKRUH – bajarilishi yomon sanalgan amal. MANDUB
Download 0.56 Mb.
|
DINSHUNOSLIK eng yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAHSHAR
- MITRA
- MONOFIZITLAR
- MUBOH
- MUTAVOTIR
- MO‘TAZILIYa
MAKRUH – bajarilishi yomon sanalgan amal.
MANDUB – bajarilishi tark qilinishidan afzal bo‘lgan amal. MANU QONUNLARI – kasta tizimidagi barchaga xos vazifalarni o‘zida qat’iy belgilab bergan to‘plam. MARK – «Injil» mualliflaridan biri. Havoriylardan Pyotrning shogirdi bo‘lgan. Aleksandriyada cherkov tuzib, o‘zi birinchi yepiskop bo‘lgan. MATTO (Matfey) – «Injil» mualliflaridan biri, Iso Masihning 12 asosiy havoriylaridan biri. «Injil»da Leviy Matfey va Leviy Alfeyev nomlari bilan ham tilga olinadi. MAHSHAR – qiyomat kuni bandalar yig‘iladigan va savol–javob bo‘lib o‘tadigan joy MASHHUR – isnod yo‘llarining har birida uchta va undan ortiq shaxslar tomonidan rivoyat qilingan va mutavotir darajasiga yetmagan hadislar. MEDITASIYA – «fikrlash, o‘ylash», shaxsning o‘z ruhiy faoliyatiga chuqur berilish holati, muroqaba, hikmat va haqiqat haqidagi ilm. MEHRJON – 23 sentyabr kuni nishonlanadigan Hosil bayrami. MIRO MOYI (yunoncha, «xushbo‘y moy») – xristianlikning yetti sirli marosimlaridan birida tanaga suriladigan xushbo‘y moy. Ushbu moy cherkov yepiskopi tomonidan oliy navli zaytun moyiga oq uzum vinosi, atirgul yaproqlari, binafsha, zanjabil ildizlari, muskat, atirgul, chinnigul va limon moylari kabi mahsulotlarni qo‘shib qaynatish orqali tayyorlanadi. MITRA (avesto, do‘stlik, kelishuv) – inson vafotidan so‘ng uning ruhini himoya qiluvchi ezgulik yazatlaridan biri. MONASTIR – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan shug‘ullanadigan joy, muassasa. Ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar mavjud. MONOFIZITLAR (yunoncha, «yakka, yagona», «tabiat») – ruhoniy Yevtixiy tomonidan asos solingan xristianlikdagi ilk yo‘nalishlardan biri bo‘lib, milodiy V asrda paydo bo‘lgan. Iso Masih xudo va inson tabiatida paydo bo‘lgan bo‘lsa–da, keyinchalik uning faqat xudolik tabiati saqlanib qolgan degan g‘oyani olg‘a surgan. Ushbu yo‘nalish vakillari 451 yilda Xalkidoniyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon soborida kufrda ayblanishgan. MUBOH – islom shariati qilish yoki qilmaslikni kishilar ixtiyoriga qo‘ygan amallar. MUQADDAS RUH – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas Ruh dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga xomilador bo‘lgan. MUSNAD – 1. Isnodi muttasil ravishda o‘z nihoyasiga yetgan hadis, ya’ni sanadi bilan rivoyat qilingan hadis. 2. Sanad, isnod so‘zlarining sinonimi. 3. Hadis to‘plamlarining turi. MUTAVOTIR – yolg‘onga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e’tirof etilgan kishilarning boshdan oxirigacha o‘zlari kabi kishilardan naql qilgan rivoyati. MUTAKALLIM – kalom ilmi bilan shug‘ullangan olimlar «mutakallim» deb atalgan. MO‘TAZILIYa – (arabcha, «ajralib chiqmoq») islom olamida birinchi paydo bo‘lgan, eng kata, adashgan e’tiqodiy ta’limotning nomi. NAQLIY DALIL – aqliy dalildan farqli ravishda naqliy dalil faqat Qur’on va sunnatga asoslangan. NIRVANA – inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu–istaklari, yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatni o‘z ichiga olgan oliy intilish. NOUS – inson vafotidan so‘ng undan qolgan suyaklar saqlanadigan maxsus quticha bo‘lib, u daxmaga qo‘yilgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling