DINIY MUTAASIBLIK – o‘z aqida va g‘oyalarining shak–shubhasiz to‘g‘riligiga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilganlikni, boshqa firqa va mazhablarga murosasiz munosabatni ifodalovchi qarashlar va xatti–harakatlar majmui.
DINIY SEKTA – ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruh.
DODGOH – zardushtiylikda hamma uchun ochiq bo‘lgan muqaddas olov yoniq turadigan xona.
DRUDJ – zardushtiylik dinida yolg‘on so‘z.
DUJVARTSHTA – zardushtiylik dinida yovuz fikr.
DUJMATADAN – zardushtiylik dinida yovuz amal.
DUJUXTA – zardushtiylik dinida yovuz so‘z.
YEPISKOP (yunoncha, «nazoratchi») – xristian cherkovidagi ruhoniylik unvoni. Yepiskoplar havoriylarning izdoshlari, deb hisoblanadi.
JABROIL – Alloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta.
ZABUR – Dovud payg‘ambarga tushirilgan kitob. «Qadimgi Ahd» tarkibiga kiritilgan bo‘lib, turli qo‘shiq va madhiyalardan iborat.
ZAIF – sahih shartlaridan birortasini yo‘qotgan va hasan darajasiga yetmagan hadis.
ZAKOT – (arabcha, poklash) ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |