KIRXA (nemischa, «cherkov») – lyuteran cherkovlarining nomi.
KOSTEL (polyakcha, chexcha, «cherkov») – Rim katolik cherkoviga qarashli ibodatxonalarga nisbatan ishlatiladigan atama. Ushbu atama pravoslav yoki protestant cherkovlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
KRISHNA – «qora» ma’nosini anglatadi, o‘zining tabiiy kelib chiqishiga ko‘ra juda murakkab obraz. U haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. U urushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega.
QUDSIY HADIS – Ma’nosi Alloh taolodan bo‘lib, aytilishi, ya’ni lafzi Rasululloh (a.s.)dan bo‘lgan hadislar.
QUR’ONI KARIM – Islom dinining birlamchi muqaddas manbasi bo‘lib, 23 yil mobaynida Muhammad payg‘ambar (a.s.)ga Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan oyat–oyat, ba’zan esa to‘liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob.
QUT – Quvvat, kuch, energiya manbai. Tangrichilik e’tiqodiga ko‘ra, u insonning moddiy tirikligi sababidir.
LUQO (Luka) – «Yangshi Ahd» tarkibiga kiruvchi to‘rt Injil mualliflaridan biri. Xristianlik tarixida Bibi Maryamning suratini chizgan birinchi inson sifatida tanilgan. Iso Masihning 70 havoriylari qatoriga kiradi.
MAVZU’ – Rasululloh (a.s.)ga nisbat berilib to‘qilgan yolg‘on hadis.
MAGEN DAVID – Yahudiylik dinining ramzlaridan biri bo‘lmish olti burchakli «Dovud yulduzi».
Do'stlaringiz bilan baham: |