ILM AL–JARH VA–T–TA’DIL – roviylarning adolati va zabti haqida bahs yuritib, ularning ishonchli yoki ishonchsizligi haqida yakuniy xulosa chiqaruvchi roviyga tanqidiy yondashish ilmi.
ILM AR–RIJOL –roviy haqida to‘liq ma’lumotni o‘rganuvchi hadis ilmi sohasi.
ILOHIY KITOB – Alloh tomonidan payg‘ambarlarga nozil qilingan Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on kitoblari.
IMON – ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al–iqror bi–l–lison), dil bilan tasdiqlash (at–tasdiq bi–l–qalb) demakdir.
INJIL – (yunoncha, «Yevangeliye») «Yangi Ahd»dagi Mark, Matto, Luqo va Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot yo‘li va mo‘‘jizalari bayon qilingan.
QAVLIY SUNNAT – Rasululloh (a.s.)ning turli holat va munosabatlarda aytgan so‘zlari.
QADIMGI AHD – «Bibliya»ning qismlaridan biri. «Tavrot» (Musoning 5 kitobi), «Zabur» va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.
KALOM – so‘z, nutq ma’nosini bildiradi. Mo‘taziliylar paydo bo‘lgandan keyin aqida ilmining nomi «kalom» deb atala boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |