TRIPITAKA (TIPITAKA) – uch savat donolik, duolar shaklidagi buddaviylikning muqaddas kitob.
TIRTXAKAR – jayniylikda yo‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi.
TURK HOQONLIGI – 552–603 yillar davomida zamonaviy Markaziy Osiyo, SHarqiy Turkiston, Mo‘g‘uliston, Manjuriya (shimoliy–sharqiy Xitoy) va SHimoliy Kavkaz hududlarini o‘z ichiga olgan Bumin hoqon asos solgan qadim turkiylar davlati.
TO‘LIQ INJIL XRISTIANLARI – protestantlikdagi eng yirik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan pyatidestyaniklikning ikkinchi nomi. «Injil»ga haqiqatan amal qiluvchi sof e’tiqod vakillari deb bilganlari uchun ham o‘zlariga nisabatan shunday nomni ishlatadilar.
UMAY (Jumay) – tangrichilik e’tiqodiga ko‘ra, ayol jinsidagi Yerdagi hayotning sababchisi va makoni Yer yuzida bo‘lgan ma’buda, «Hayot onasi» deb e’tiqod qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |