BUTUNJAHON SOBORLARI – xristian cherkovi yepiskoplarining ma’lum diniy masalalarni hal qilish maqsadida o‘tkaziladigan yig‘ilishi. Ilk sobor milodiy 325 yilda Nikeya shahrida bo‘lib o‘tgan. Hozirgacha 21 marta Butunjahon soborlari o‘tkazilgan.
VARANA – Tridandinalarning markazi bo‘lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar.
VAHIYNOMA – rus va boshqa tillarda Apokalipsis. «Yangi Ahd»ning tarkibiy qismi bo‘lib, uni «Injil» mualliflaridan biri Ioann ilohiy ilhom orqali yozgan, deb e’tiqod qilinadi. Ushbu kitobda qiyomat va Isoning ikkinchi qaytishi bilan bog‘liq hodisalar bayon qilingan.
VEDALAR – oriylar o‘zlari bilan olib kelgan muqaddas yozuvlari, sanskrit tilidan tarjima qilinganda «muqaddas, ilohiy bilim» ma’nolarini anglatuvchi Hindistonning asosiy muqaddas manbai.
VIDEVDAT – 22 bobdan tashkil topgan «Avesto»ning saqlanib qolgan eng mukammal bo‘limi.
VISHNU – vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unutilgan xudolar orasida abadiy hisoblangan va hozirda butun Hindistonda ulug‘lanuvchi quyosh xudosi.
VOJIB –Qur’oni karimda to‘g‘ridan–to‘g‘ri buyruq kelmagan holda bajarilishi shart bo‘lgan amallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |