BIBLIYA JAMIYATI – «Bibliya»ning alohida qismlarini yoki to‘laligicha dunyo tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan jamiyatlar nomi. Bunday jamiyatlar biror bir diniy konfessiyaga qarashli bo‘lmay, buyurtma asosida ishlaydi. Ilk «Bibliya» jamiyati 1804 yilda Britaniyada tuzilgan. Hozirda dunyo bo‘yicha 140 dan ortiq shunday jamiyatlar mavjud.
BODDHISATTVA – xudoning nuri, oliy kamolotga erishgan va nirvanaga ko‘tarilish huquqiga ega bo‘lgan inson.
BOZKURT – Qadimiy turkiy tilda «Kulrang bo‘ri» ma’nosida kelib, tangrichilarning totemi bo‘lgan.
BRAXMAN – sanskrit tilidan olingan bo‘lib «Braxmaga atalgan, o‘zini bag‘ishlagan», degan ma’nolarni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |