Nashrga ruxsat etaman
Download 0.56 Mb.
|
DINSHUNOSLIK eng yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- OXIRAT KUNI
OQ VA QORA RUHONIYLAR – pravoslav ruhoniylari qatlami. «Oq» ruhoniylar oila qurish huquqiga ega, «qora» ruhoniylarga esa oila qurishi mumkin emas.
ORIYLAR – oq tanli qavm hisoblanib, Hazar, ya’ni, hozirgi Kaspiy dengizining shimoliy, Yevropaning shimoli yoki Turkmaniston mintaqasida miloddan avvalgi XVII – XVI asrdan XII asrgacha turli qabila va guruhlar shaklida yashaganlar. OSOR – xabar, sunnat va hadisning sinonimi sifatida ishlatiladigan atama. Osor odatda sahobiylar yoki tobe’iylarga mansub so‘zlarga nisbatan qo‘llaniladi. OTA XUDO – Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh) undan kelib chiqqan. OXIRAT KUNI – odamlar qayta tirilib, hayoti davomida bajargan har bir amali uchun hisob–kitob qilinadigan kun. U Qiyomat kuni deb ham ataladi. OYAT – (arabcha, «belgi, mo‘‘jiza») Qur’on suralarini tashkil etuvchi qism, «jumlalar». PANChA SHILA – buddaviylikda besh nasihat, ya’ni qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, yolg‘on, mast qiluvchi narsalardan saqlanish. PASTOR (lotincha, cho‘pon) – protestantlikdagi cherkov rahbari. Pastorlar ommaviy ibodatlarda ma’ruzalar o‘qish va cherkovning ichki faoliyatini boshqarish bilan shug‘ullanadi. PASXA (yunoncha, ivritcha – «yonidan o‘tish») – xristianlikdagi asosiy diniy bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi kunda Pasxa kuni Oy–Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi. PRESVITER (lotincha, «oqsoqol, jamoa boshlig‘i») – xristian ruhoniylik iyerarxiyasida yuqori o‘rinni egallovchi diniy lavozim. Qadimda yepiskoplar ham presviter deb atalishgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling