GALAXA – yahudiylik shariati.
G‘ARIB – birgina ishonchli odamdan rivoyat qilingan sahih hadis.
GEGIG – tangrichilikda Yer olami.
GOVMARD (forscha, ho‘kiz–odam) – zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson.
GOHI – zardushtiylikda kunning muayyan qismida bajariladigan (Xavan goh – tongdan peshingacha, Rapitvin goh – peshindan so‘ng, Uzarin goh – kun botishdan oldin, Aivisrutrim goh – kun botgandan so‘ng, Ushaxin goh – yarim kechadan tongacha ibodatlari.
DAXMA – zardushtiylikda yerdan 4–5 metr balandlikda silindr shaklida bo‘lgan maxsus joy bo‘lib, unga o‘liklar ustma–ust tartib bilan yotqiziladi.
DEV VIZARESH – zardushtiylikda inson vafotidan so‘ng uning qilmishi yovuzlik bo‘lsa, jazo beruvchi, do‘zaxga tashlovchi ma’bud.
DENKART («Imon faoliyati») – IX asrda Sosoniylar hukmronligi davrida yozilgan qomusiy lug‘at bo‘lib, u o‘z ichiga badiiy va tarixiy ma’lumotlarni olgan. Dastavval 9 bo‘limdan iborat bo‘lgan, keyinchalik uning 2 qismi yo‘qotilgan.
DIAKON (yunoncha, xizmatchi) – xristian cherkovlaridagi eng quyi ruhoniylik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |