UPANISHADLAR – hinduiylikda ruhiy–ma’naviy yo‘l hisoblanib, diniy takomillik zanjirining eng yuqori martabasi hisoblanadi.
FARZ – islom dini ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalil bilan bajarilishi talab qilingan amal.
XALOSKOR – yahudiy va xristian atamasida Messiya (ivritcha, mashiax; qadimgi yunoncha, xristos). Yahudiylar aqidasiga ko‘ra, Xaloskor qiyomatga yaqin kelib yahudiylarni najot sari yetaklaydi. Yahudiy «messiyasi» Dovud avlodidan bo‘lishi shart. Xristian aqidasiga ko‘ra esa, xaloskor bu Iso Masihdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |