HAROM – atamasi islom ta’limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat’iy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal.
SZYEN–SZYE – «Yuksak ma’rifatli odam». Qadimgi Xitoydagi bilim va donishmandlik kulti hisoblanib, u bilim olish yo‘lida sabr–matonatli va o‘ta intiluvchan odamlarni yuqori martabaga ko‘tarilishiga yordam beradi, deb e’tiqod qilingan. Szen–tsze darajasiga erishgan odam faqat uchta narsadan – Osmonning amri, buyuk insonlar va o‘ta donishmandlardan qo‘rqishi mumkin bo‘lgan.
CHINVAD (ajratish ko‘prigi) – inson vafotidan so‘ng uning ruhi ezgulik va yovuzlikni ajratuvchi ko‘prikdan o‘tishi lozim. Chinvad ko‘prigida inson ruhi ezgulik yazatlari Sraosha, Mitra va Rashnu himoyasiga o‘tsa, abadiy rohat va farog‘at makoni Qo‘shiqlar uyiga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |