Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
127
Tovar dizayni korxona yoki tashkilotning tovar va xizmatlari differensiatsiyasining istiqbolli usuli hisoblanadi. U tovarning tashqi ko'rinishi va xaridoming muayyan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan vazifalarini tavsiflaydi. Shuni e ’tiborga olish kerakki, tovar dizayni tovarni sotuvga tayyorlash bosqichida yaratilmaydi. U mahsulot va tovar hayotiylik davrining barcha bosqichlarida shakllantiriladi. Tovarni ishlab chiqish bosqichidayoq, marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tovarning vazifalarini belgilashda tovarning tashqi ko‘ rinishi, uning funksional, ekologik va estetik tavsifnomalari aniqlanadi. Shuningdek, tovarni ishlab chiqish bosqichida xaridoming tovarning tashqi ko‘rinishi va tbvar bajari- shi lozim b o ‘lgan vazifalarga talabi hisobga olinadi. Yaxshi dizayn tovarning iste’molchi uchun jozibadorligini ta’minlaydi, savdo hajmi va firma obro‘sining o'sishiga, shuningdek, tovarni ishlab chi qarish va taqsimlashdagi xarajatlami kamaytirishga xizmat qiladi. Masalan, Broun kompaniyasi yaxshi dizayn har doim yangi- cha uslubda b o ‘lishi, mahsulotning foydaliligini, uning estetikasi- ni oshirishi, mahsulotning mantiqiy tuzilishini aks ettirishi (ya ’ ni uning shakli mazmuniga mos kelishi), tajovuzkor bo‘lmasligi, haqqoniy boMishi, vaqt o ‘tishi bilan eskirib qolmas- ligi, izchil b o ‘ lishi, ekologiyaga zid b o ‘lmasligi, ixcham bo'lishi lozim deb hisoblaydi. Dizaynni ishlab chiqishda har bir firma di- zaynni shakllantirishning asosiy tamoyillaridan tashqari firma ning imkoniyatlari va muayyan bir tovar taklif etiladigan iste’molchilar iyerarxiyasini ham hisobga olishi lozim. Amalda ko‘p hollarda tovami uning tabiiy xususiyatlari va si- fatlari diapazonini kengaytirish hisobiga differensiyalash ham uchrab turadi. Bunday hollarda xizmatlar differensiatsiyasidan foydalaniladi, ya’ ni tovarga qo‘shimcha ko‘rsatiluvchi xizmatlar soni oshiriladi va sifati yaxshilanadi. Xizmatlar differensiatsiyasi ning darajasini aniqlashga imkon beruvchi asosiy ko‘ rsatkichlar sifatida buyurtmani rasmiylashtirish, tovarni yetkazib berish va o ‘rnatishning soddaligi (oson), xaridor va iste’ molchilami o ‘r- gatish va ularga maslahat berish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni ko'rsatishimiz mumkin. Firmaning raqobatchilik ustunligini yaratish va bozorda to- vaming jozibadorligini shakllantirishning ко‘rib chiqilgan usul- laridan tashqari personalni differensiyalash, taqsimlash kanal- larini differensiyalash va imijni differensiyalash kabi usullar ham mavjud. 128 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling