Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


- rasm. Tovarni xarid qilish va undan keyingi xaridorlik


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

2.4- rasm. Tovarni xarid qilish va undan keyingi xaridorlik 
holatlari bosqichlari.
36


har bir tovar o‘ziga xos baholanish ketma-ketligiga ega. Masalan, 
avtomobillar bo‘yicha ularning sinfi, ehtiyot qismlar va tuzatish 
imkoniyatlari, rangi, narxi bo‘yicha axborot, albatta, zarur. Bu 
axborotlar xaridorga: tovar markasi, marka-tarzi, manfaat da­
rajasi to‘g‘risida yetarlicha ko'nikma hosil qilishga va baholashga im­
kon yaratadi.
Bevosita xarid qilish chog‘ida ham xaridor o ‘z tanlovini 
o ‘zgartirishi mumkin. Bunga unga sotuvchi, oila a ’zosi, hamkasbi 
va, qolaversa, o‘sha vaqtda savdo zalida boMgan o‘tkinchi xaridor 
ta’sir etishi mumkin. Xaridoming o‘z tanlovini va qarorini o‘zgar- 
tirishga uning o ‘z fikrida qat’iy tura olishi, o ‘z shaxsiyatini qadr- 
lashi va boshqa psixologik xususiyatlar ta’sir etadi.
Xaridor o ‘z xaridini amalga oshirgandan so‘ng ham tovar 
taqdiri to ‘la hal bo‘lmaydi, chunki eng muhim boMgan iste’mol 
doirasidagi sinov boshlanadi. Xarid qilingan tovar harakatini 2.4- 
rasmdagidek tasvirlash mumkin.
Yuqorida keltirilgan rasmdan ko‘rinib turibdiki, tovarning 
taqdiri xarid qilingandan so‘ng to ‘xtamaydi, u yanada murakkab- 
lashib, axborot olish qiyin b o ‘lgan sharoit, ya’ni iste’molda 
bo‘ladi. Sotib olingan tovar taqdiri xususida ham marketing mu- 
taxassisi o'ylashi, mulohaza yuritishi lozim bo‘ladi.
Demak, xarid qilingan tovar taqdiri, uni iste’moli qay dara- 
jada kechayotganligi, yangidan tovar olish uchun dastlabki salbiy 
iste’moli sababchi bo‘lmaganligini aniqlash, zaruriy hollarda te- 
gishli maslahat berish — marketing mutaxassislarining muhim 
vazifalaridan biri hisoblanadi.
2.4. Sanoat mollari xaridorining motivatsiyasi
Har qanday ko‘rinishdagi iqtisodiy tizimda tijorat faoliyatining 
katta qismi tashkilotlar o ‘rtasidagi bitimlardan iborat boMadi. Ma­
salan, asbob-uskunalar, tovarlar, tarkibiy qismlar, xomashyo va 
hokazolar bilan savdo qiladigan firmalar ushbu mahsulotlardan 
o'zining ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan boshqa firma­
lar xizmat ko'rsatadi. Marketingning boshqaruv tamoyillari sa­
noat tovarlarini sotuvchi firma uchun ham, iste’mol tovarlari so­
tuvchi firmalar uchun ham bir xil boMishiga qaramay, tamoyil- 
lami qo‘llashning muayyan usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Sa­
noat tovarlariga boMgan talab hosila talab bo‘lib, talabning ba’zi 
bir boshqa quyi turlariga bogMiqdir. Sanoat talabi hosila talabdir. 
Ya’ni sotib olingan tovarlardan boshqa tashkilotlaming talabini
37


yoki pirovard iste’molchining talabini qondirish maqsadida o‘z 
ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan tashkilotning talabidir. 
Demak, tashkilot ishlab chiqarish zanjirining bir qismidir
ya’ni, uning ,,quyi“ talabga bog‘liq bo‘lgan talabi, oxir-oqibatda, 
iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning natyasidir.
Sanoat talabi va, xususan, kapital asbob-uskunalarga bo‘lgan 
talab keskin o‘zgarib turadi va pirovard talabda yuz beradigan eng 
kichik o‘zgarishlar ham bu talabga kuchli ta’sir qiladi (akselerat- 
siya tamoyili).
Sanoat talabi ko‘pincha, ayniqsa tovar hal qiluvchi kompo- 
nent bo‘lganda, ya’ni aniq spesifikatsiya asosida tayyorlanganda 
narxga nisbatan noelastik bo‘ladi. Tovar xaridorga zarurdir va 
uning о‘mini bosadigan tovarlar ko‘p emas.
Sanoat mollari xaridori zanjiming har bir pog‘onasidagi kol- 
legial tizimi bilan tavsiflanadi: bir necha individlar hamda xarid 
markazi turli funksiyalami bajaradi va turli rollarni o'ynaydi.
Mijoz — texnik saviyasi yuqori bo‘lgan professional xaridor; 
xarid haqidagi qaror iste’mol xaridlariga xos bo‘lmagan rasmiy- 
lashtirish bosqichlarini ko‘zda tutadi.
Sanoat tovarining tasnifi orqali mijozlar izlanayotgan tovami 
aniq tasaw ur qaladilar, talablar aniq qo‘yilgan bo‘ladi, tovar 
yetkazib beruvchining imkoniyatlari esa cheklangan bo'ladi. Sa­
noat tovarlari industrial xaridoming ishlab chiqarish jarayoniga 
kiritilgan bo‘lib, shu sababdan, strategik ahamiyat kasb etadi.
Sanoat tovarlari, ko‘pincha, turli maqsadlarda qo‘llaniladi, 
ular shu jihati bilan har doim maxsus maqsadlarga mo'ljallangan 
iste’mol tovarlaridan farq qiladi.
Sanoat marketingining o'ziga xos xususiyatlari shundan ibo- 
ratki, „sanoat talabi“ tushunchasi „sanoat zanjiri“ tushunchasiga 
bog‘liqdir. Sanoat zanjiri ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini 
o ‘z ichiga oladi, bu bosqichlar xomashyo materiallari iste’mol­
chining pirovard talabini qondirishga yetkaziladi. Har bir firma 
uchun tarmoqlar iyerarxiyasi mavjud bo‘lib, ular firma uchun 
yo mijoz, yoki yetkazib beruvchi bo‘ladilar. Sanoat buyurtma- 
chisining strategik kuchi, birinchi navbatda, o‘zi a ’zo bo‘lib tur- 
gan zanjirdagi pirovard bozomi oldindan bilish va uni nazorat qila 
olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
0 ‘z -o ‘zidan tushunarliki, talab zanjiri bir qator hollarda 
bundan ko‘ra uzunroq va murakkabroq bo‘lishi mumkin. Ushbu 
ro‘yxat to ‘liq b o ‘lm asa-da, quyidagi xususiyatlarni qayd etib 
o ‘tish mumkin:
38



Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling