Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 — Strategik marketing
/ / Shaxs- \
/ / ning ka- \ •4 / / mol topish \ i ? // ehtiyojlari \ $ / / — ------ \ ^ Jj? / / Hurmatga \ "v ^ // bo‘lgan ehtiyojlar \ // (o‘z-o‘zini e’zozlash, \ // e’tirof etish, status) \ // Ijtimoiy ehtiyojlar \ / / (ma’naviy yaqinlik, ш / qadriyat, muhabbat va h. k.) ^ I L / Shaxsiy muhofazaga oid ehtiyojlar // (xavfsizlik, himoyalanganlik) 'Щ / / // Fiziologik ehtiyojlar // (ochlik, chanqoqlik, turar joy va h. k.) 2.3- rasm. A. Maslou taklif etgan ehtiyojlar iyerarxiyasi. 3 — Strategik marketing 33 A. Maslouning tahlili qiziqish uyg‘otadi, chunki u nafaqat ehtiyojlarning ko‘p o‘lchamli tuzilishini, balki ehtiyojlarning turli shaxslar, individlar .uchun turli darajada intensiv bo‘lishini ham ilgari suradi. Amalda ehtiyojlarning bu toifalari doimo birgalikda mavjud bo‘ladi va u yoki bu toifaga mansub individning o‘z xususi- yatlariga bog‘liq holda, yoki bu individ boshidan kechirayotgan vaziyatlarga mos ravishda, ko‘proq darajada ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarila- digan tovarlarni tegishli holatda rejalashtirish zarurdir. N e’mat yoki tovar o ‘zining asosiy funksiyasidan tashqari bir necha rolni o'ynashi yoki funksiyani bajarishi mumkin. Insonlar tovarlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki ular yordamida tashqi muhit bilan aloqa bog‘lash, o‘zlarining kimligini ko‘rsatish, o‘z hissiyot va kechinmalarini namoyish qilish va hokazolar uchun ham foy- dalanadilar. Marketing uchun tovar va tovar markalarining faqat funksional qiymati emas, balki hissiy yoki ramziy qiymatlari tu fayli hosil bo‘ladigan ahamiyatidan xabardor bo‘lish muhimdir. Rokichning qiymatlar reyestri. Insoniy qadriyatlami tadqiq qi- lishda asosiy e ’tibor inson erishishga intiladigan eng muhim maqsadlarga qaratiladi. Qadriyatlar insonning ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa-da, nisbatan realroq darajada mavjud bo‘ladilar. Ular nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy-institutsional asl ehtiyojlarning intellektual ro‘yobga chiqaiilishidir. Boshqacha qilib aytganda, bu bizning o‘zimiz istagan va orzu qilgan narsalar ha qidagi fikrlashimizdir. Qadriyatlarning ikki xil turi bor: (1) terminal va (2) instru mental qadriyatlar. Term inal (yoki pirovard) qadriyatlar — o‘zimiz intiladigan maqsadlar va holatlar haqidagi flkrlarimizdir (baxt, donishmandlik va h. k.). Instrumental (yoki bilvosita) qad riyatlar esa terminal qadriyatlarga erishish uchun biz qo‘llaydigan xulq-atvor shakllari haqidagi tasawurlarga taalluqlidir (halol bo‘lish yoki o‘z zimmasiga majburiyat olish). Qadriyatlar madaniyat vositasida qo‘lga kiritiladi, shu sababli biror jamiyatning a ’zolari bir xil qadriyatlami turli darajada qo‘lga kiritadilar. Shuning uchun har bir qadriyatning nisbiy ahamiyati turli individlar uchun turlicha bo‘ladi, bu farqlardan esa bozom i segmentlarga ajratish mezoni sifatida foydalanish mumkin. Turli qadriyatlarning ahamiyati ham vaqt o‘tishi bilan o ‘zgarishi mumkin. Rokich inson erishgan qadriyatlar unchalik ko‘p emas, deb hisoblaydi. U o ‘z tajribalarida o‘n sakkiz xil ter minal va instrumental qadriyatlami keltiradi. 34 So‘nggi yillarda ba’zi tadqiqotchilar qadriyatlaming m a’lum darajada baholash mumkin bo‘lgan qisqacha ro‘yxatini ishlab chiqdilar. Kayle terminal qadriyatlarining sakkiztasini ko‘rsatib o‘tgan: • o ‘z-o‘ziga hurmat; • xavfsizlik; • o‘zaro iliq munosabatlar; • maqsadga erishganlik hissi; • o ‘z-o‘zidan qoniqish; • boshqalar tomonidan hurmat; • mansublik hissi; • shodlik, lazzat, yoqimli his. Ushbu qadriyatlar iste’molchi xulq-atvorining yoki ijtimoiy o‘zgarishlarining turli jihatlari bilan juda mos kelishi tajribalarda aniqlangan. Shodlik yoki lazzatni qadrlaydigan kishilar bir qadah qahvani yoqimli ta ’mi uchun ichishni istashi mumkin; maqsadga erish ganlik hissini qadrlaydigan kishlilar qahvaga ishlab chiqarish un- umdorligini oshiradigan kuchi stimulator deb qaraydilar; bosh qalar bilan iliq munosabatda bo‘lishni qadrlaydigan kishilar esa ijtimoiy urf-odatga rioya qilgan holda bir piyoladan qahva ichadilar (Kayle). Bu metodologiyaning mantiqini quyidagicha izohlash mum kin: insonlar motivatsiyasini tushunishdagi dastlabki nuqta ular- ning, binnchi navbatda, iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan qanday ne’matlarni qadrlashlarini tushunib olishdir. Qadriyatlaming bi- ror jam iyatda qanday o ‘zgarayotganligini tushunish ijtimoiy o ‘zgarishlar dinamikasini hisobga oladigan samarali strategiyalar- ni ishlab chiqishga yordam beradi. Xarid qilish jarayoni uzviy tarzda quyidagi bosqichlardan ibo rat: • qanday talabning qondirilishini belgilash; • tovar xususida axborot yig‘ish; • tovarlar turi bo‘yicha variantlami baholash; • xarid qilish to ‘g‘risida qaror qabul qilish; • xarid qilingan buyumga munosabat. Xaridor o‘zining qaysi turdagi talabini dastlab qondirishi bo- rasidagi bir qarorga kelguncha, u ko‘p jihatlarni tahlil qiladi. Ushbu tovarni olish va u ayni shu vaqtda nechog‘liq zarur? Bu menga qanday imkoniyatlar yaratadi? Ushbu xarid men uchun o'rinlim i, atrofdagilar unga qanday baho berishlari mumkin? 35 Ushbu tovarni sotish bilan shug‘ullanayotgan marketing tad- qiqotchisi uchun quyidagi savollarga javob topish zarur. Qanday turdagi ehtiyojlar va muam m olar xaridorga ta ’sir o‘tkazadi? Ushbu muammolar qanday vujudga keldi? Qanday qilib xaridor aynan shu tovami tanlamoqchi? Ko‘pgina hollarda xaridorga tovaming to ‘liq imkoniyatlari, foydalanish xususidagi axborot to ‘liq yetib bormaydi. Shu sabab dan, xaridor va sotuvchi suhbatidan asosiy natija kutiladi. Ushbu suhbat mavzusi — qaysi tovar qanday assortimentda taklif etil- gan, uning sifati, narxi xususida axborot to'plash hisoblanadi. So‘ngra tovarlar bo‘yicha variantlar baholanadi. Baholash me- zonlari sifatida moda, texnik imkoniyatlar, pishiqligi, dizayni, kafolat, sotuvdan keyingi xizmat va shu kabilar bo‘ladi. Lekin Download 5.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling