Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Vaziyat tahlili
Marketing 
strategiyasini 
amalga oshirish 
va uni boshqarish
Marketing 
strategiyasini 
ishlab chiqish
Marketing 
dasturini ishlab 
chiqish
3.3-rasm. Marketing strategiyasini amalga oshirish.
52


— potensial iste’molchilarning tovardan qidirayotgan foy- 
dalari asosida (foydalar bo‘yicha segmentlash);
— faollik, manfaatlar va fikrlar atamalarida tavsiflangan tur- 
mush tarzi asosida (ijtimoiy-madaniy segmentlash);
— xarid paytidagi xulq-atvor xarakteristikalari asosida (xulq- 
atvorga ko‘ra segmentlash).
Bu segmentlash usullarining har biri o'zining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega bo‘lib, ular quyida ko‘rib chiqiladi.
Ijtimoiy-demografik segmentlash — segmentlashning bilvosita 
usulidir. U quyidagi gipotezaga asoslanadi: iste’molchilar qidi­
rayotgan afzalliklardagi farqlami aynan ijtimoiy-demografik tafo- 
vutlar belgilaydi.
Buni ko‘pgina sektorlarda ochiq-oydin ko‘rish mumkin. Erkak 
va ayollarning kiyim-kechak, bosh kiyimlar, pardoz, zargarlik 
buyumlari kabi tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlari turlichadir, xuddi 
shunday tafovutni yoshlar va keksalar, daromadi yuqori va past 
bo‘lgan tabaqalar, shahar va qishloq aholisi o ‘rtasida ham kuza- 
tish mumkin. Shu tariqa, ijtimoiy-demografik mezonlar ehtiyoj­
laming indikatori sifatida foydalaniladi.
Ijtimoiy-demografik segmentlashda eng ko‘p qollaniladigan 
ko‘rsatkichlar iste’molchining yashash joyi, jinsi, yoshi, daro­
madi, ijtimoiy sinfi kabi, rivojlangan mamlakatlarda olish oson 
bolgan m a’lumotlardir. Amalda ijtimoiy-demografik segmentlash, 
bir paytning o ‘zida ikki yoki uchta ko‘rsatkichga tayanadi.
Ijtimoiy-demografik segmentlashning foydaliligi. Bu usulda 
ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlarni o ‘lchash osonligi tufayli 
undan ko‘proq foydalaniladi. Sanoati rivojlangan barcha mam­
lakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni statistika institutlari, 
ijtimoiy sug‘urta organlari kabi rasmiy manbalardan bevosita olish 
mumkin.
So‘nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda jiddiy ijtimoiy-de­
mografik o'zgarishlar yuz berdi. Ular ichida quyidagilami ko‘r- 
satib o ‘tish mumkin:
— tug‘ilish soni kamaydi;
— o ‘rtacha umr uzaydi;
— ishlovchi ayollar soni ko'paydi;
— oila qurish kechika boshladi;
— ajralishlar soni ko‘paydi;
— to ‘liq bo‘lmagan oilalar soni ko'paydi.
Bu o ‘zgarishlar turmush tarziga va iste’mol shakllariga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Ular bozorda yangi segmentlar yaratadi va, ayni
53



Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling