Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

Texnologiyaning о‘mini bosish. M a’lum bir iste’molchilar 
guruhiga mo‘ljallangan ma’lum bir funksiyalar endilikda yangi
mukammalroq texnologiyalar vositasida amalga oshirilmoqda. 
Masalan, bosma materiallami tarqatish hozirda elektron pochta 
yordamida amalga oshirilmoqda.
Ushbu o ‘zgarayotgan kuchlar va ular ta’siri ostida tovar bo­
zorlarining kengayishi jalb qiluvchanlikni baholashning hal qi­
luvchi mezoni bo‘lgan hayot siklini ham o ‘zgartirmoqda.
50


3.2. Mikrosegmentlar tahlili
Mikrosegmentlashning vazifasi makrosegmentlovchi tahlil 
bosqichida aniqlangan tovar bozorlarining ichida xilma-xil ehti­
yojlarni batafsil tahlilini amalga oshirishdan iboratdir. Ta’rifga 
ko‘ra, m a’lum bir tovar bozoriga mos keluvchi iste’molchilar 
birgina asosiy funksiya bilan, masalan, soatlar haqida gap ketgan- 
da, vaqtni o ‘lchash masalasi bilan qiziqadilar. Shunga qaramay, 
ular qidirilayotgan funksiyaga yoki unga hamroh bo'lgan qo‘- 
shimcha xizmatlarga nisbatan turli xil maxsus ko‘rsatkichlar yoki 
afzalliklami kutayotgan bo‘lishlari mumkin.
Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib 
yubormaslik kerak. Differensiatsiya — bu ikki xil darajadagi xilma- 
xil tovarlarga tayanuvchi: a) bir xil turdagi tovarlar bo'yicha 
raqobatchilar o'rtasida va b) bir ishlab chiqaruvchining turli seg- 
mentlarga m o‘ljallangan tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni angla- 
tuvchi tushunchadir.
Chemberlen o‘zining monopolistik raqobat haqidagi klassik 
asarida differensiatsiyaga quyidagicha ta’rif bergan:
„Agar bir sotuvchining tovarlarini (yoki xizmatlarini) boshqa 
sotuvchining tovarlaridan (yoki xizmatlaridan) farqlash uchun 
qandaydir ahamiyatli asos mavjud bo‘lsa, bu tovarlar sinfi diffe- 
rensiyalangan hisoblanadi. Bunday asos xaridorlar uchun qanday­
dir ahamiyat kasb etar ekan, u aniq yoki mavhum boMishi mum­
kin va u bir tovaming boshqasidan afzal ko‘rilishiga olib keladi“ .
Shunday qilib, agar iste’m olchilar tovarlarni turlicha deb 
o ‘ylasalar, ya’ni o‘z muammolarining yechimlarini turlicha deb 
tasaw ur qilsalar, bu tovarlar differensiatsiyalangan bo‘ladi.
Differensiatsiya — tovarlarning xilma-xilligiga asoslangan bo‘l- 
sa, segmentatsiya — bozorni tashkil qiluvchi potensial xaridorlar 
ehtiyojlariga asoslangan. Iste’molchilar bir jinsli emasliklari tu­
fayli firmalar o‘zlarining har bir segmentdagi takliflarini yangi- 
lashga majbur bo‘ladilar. Odatda, segmentatsiya — bozomi bo‘- 
laklarga ajratish deb qaraladi.
Shunday qilib, differensiatsiya — takliflar xilma-xilligini yori- 
tib beruvchi, segmentlash — talablar xilma-xilligini yoritib be­
ruvchi konsepsiyadir.
Mikrosegmentlash to ‘rt asosiy bosqichdan iborat:
— 
segmentlovchi tahlil: tovar bozorlarini tovarning fazilatlari 
nuqtayi nazaridan bir jinsli va boshqa segmentlardan farq qiluvchi 
segmentlarga ajratish;
51


— maqsadli segmentlami tanlash: firmaning vazifalari va 
uning maxsus imkoniyatdan kelib chiqqan holda bir yoki bir 
necha maqsadli segmentlami tanlab olish;
— pozitsiyalashtirishni tanlash: har bir maqsadli segmentda 
potensial iste’molchilaming istaklarini va raqobatlar egallab tur- 
gan pozitsiyalami hisobga olgan holda m a’lum bir pozitsiyani tan­
lash;
— maqsadli marketing dasturi: maqsadli segmentlaming tav- 
sifnomalariga moslashtirilgan marketing dasturini ishlab chiqish.
Bulardan kelib chiqqan holda, marketing strategiyasini amalga 
oshirish quyidagi 3.3- rasmda keltirilgan.
Vaziyat tahlili mavjud strategiyalarni tahrir qilishda, xuddi 
shuningdek, yangi strategiyalar ishlab chiqishda zarurdir.
Marketing strategiyasini amalga oshirishning birinchi bos­
qichi, ya’ni vaziyat tahlili — bozor imkoniyatlarini aniqlashga, 
bozor segmentini aniqlashga, kompaniyaning o‘z kuchi va zaif 
tomonlarini belgilashga imkon beradi. Bozor tahlilining natijalari 
marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
Iste’mol bozorlari uchun birinchi bosqichda tovar bozorlarini 
turli usullar yordamida bir jinsli segmentlarga ajratish mumkin:
— iste’molchilarning ijtimoiy-demografik tavsifnomalari aso- 
sida (ijtimoiy-demografik yoki tavsifiy segmentlash);

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling