s Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keyingi
imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovar taqsimlashda diversi
fikatsiya strategiyasini olib borishga asoslanadi.
„Konsentrlangan yoki fokuslangan marketing" strategiyasiga
ko‘ra, firma o ‘z resurslarini bir yoki bir necha segmentlaming
ehtiyojlarini qondirishga qaratadi. Ushbu ixtisoslashuv strategiya
si ma’lum bir funksiyaga (funksional mutaxassis) yoki iste’mol-
chilaming biror-bir guruhiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Masa
lan, Moskvadagi ,,Diasoft“ firmasi o ‘z faoliyatini tijorat banklari
segmentini dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlashga yo‘naltirgan.
0 ‘z mazmuniga ko‘ra, bu strategiya bozor chuqurchasi kon-
sepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash
kerakki, tovar ushbu firma va uni yetkazib berish imkoniyatlari
uchun ko‘proq mos keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentrlangan
marketing strategiyasi ko‘proq kichik va o ‘rta korxonalar uchun
mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash
uchun moliyaviy vositalaming bo‘lishi talab etilmaydi.
Bozorni qamrab olish strategiyalarining uchalasidan birorta-
sini tanlab olishda aniqlangan va potensial rentabel bo‘lgan seg-
mentlar soni va firmaning resurslariga e ’tibor beriladi. Agar bu
resurslar cheklangan bo‘lsa, fokuslangan marketing strategiya
sini amalga oshirish mumkin bo'lgan yagona strategiya bo'ladi.
Gipersegmentlash va kontrsegmentlash. Segmentlash siyosati-
ning ikki jihati bo‘lishi mumkin. „Gipersegmentlash" strategiyasi
tovarlarning shaxsiy buyurtmalar bo‘yicha ishlab chiqilishiga,
turli xil variantlarning taklif qilinishiga, asosiy funksiyaga
Do'stlaringiz bilan baham: |