65
dori tebranib turadi. Yalpi talab miqdori, o ‘z navbatida, mam-
lakat, viloyat, tarmoq kabi ko‘lamlarda, turlicha davr mobaynida
o ‘ziga xos o ‘zgarish xususiyatlariga ega bo‘ladi. Demak, yalpi talab
o‘zining yuqori va quyi chegaralariga ega bo‘ladi. Jami talabning
yuqori chegarasini ifodalovchi miqdor bevosita bozor salohiyatini
aks ettiradi.
U holda bozor salohiyati yalpi talab miqdorini aks ettiradigan
ko'rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Bozor salohiyati ayrim adabiyot-
larda „bozor sig‘im i“ tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Lekin,
ko'pgina xorijiy adabiyotlarda salohiyat tushunchasi yalpi talab
ning miqdoriy ko‘rsatkichi sifatidagina qaraladi.
Bozorda doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan firmalar o ‘zlariga mos
keluvchi talab miqdoriga ega. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab miq
dori yalpi talabning funksiyasi sifatida bozorda muayyan firma
ning mumkin bo‘lgan va amaldagi ulushini ifodalaydi. U holda
firma o ‘z mahsulotlariga talab funksiyasi va firmaning ishtiyoqlari
funksiyasi sifatida yalpi talab ham o ‘zgarib turadi.
Absolut va joriy bozor salohiyati. Iqtisodiy omillardan qat’iy
nazar, potensial bozor vaqt mobaynida iste’mol xarakteriga ta’sir
ko‘rsatadigan madaniy va ijtimoiy omillar ta’siri ostida rivojlanib
borishi mumkin. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qi
lish haqidagi g‘amxo‘rlikning kuchayishi ekologik jihatdan toza
asbob-uskunalarga bo‘lgan talabni rivojlantiradi. Hozirgi paytda
kichik va o ‘rta firmalarda axborot tizimlaridan foydalanish, tarqa-
tish, nusxa ko‘chirish va o ‘qitish jarayonlari natijasida, ya’ni ish
lab chiqaruvchi firmalar tomonidan marketing bosimidan qat’iy
Do'stlaringiz bilan baham: |