Bozorni pozitsiyalashtirishni to ‘g‘ri tashkil etilishi marketing
rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqish shart-sharoiti bo‘lib
hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
1. Segmentlashning qanday turlarini bilasiz?
2. Differensiatsiya va segmentatsiya o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib bering.
3. Bozorni qamrab olish strategiyasini va uning turlarini izohlab be
ring.
4. Tovarni pozitsiyalash deganda nimani tushunasiz?
5. Mikrosegmentatsiya tahlili necha bosqichdan iborat?
6. Bozor chuqurchasi deganda nimani tushunasiz?
7. Iste’mol bozorlari uchun qanday segmentlash usullarini bilasiz?
8. Makrosegmentlashda asosiy bozorning tuzilishi qanday tahlil qi
linadi?
4- §. BOZOR JOZIBADORLIGINING TAHLILI
у---
4.1. Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari
Eng oddiy holda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab ma’lum bir
joyda ma’lum bir vaqtdagi savdo hajmiga teng bo‘ladi. Awalo,
talabning ikki darajasi: butun bozordagi jami (yoki global) talab
va firmaning mahsulotiga yoki markaga bo‘lgan talabi o ‘rtasidagi
farqni aniq ajratib olish kerak.
Bozordagi talab — ma’lum bir joyda va ma’lum bir davrda,
markalar majmuasi yoki raqobatchi firmalar uchun tovar bo
zoridagi (tarmoq yoki bozordagi) umumiy savdo hajmidir.
Buni inobatga olsak, gap „birlamchi talab“ haqida yoki ehti-
yojning muayyan toifasiga mos keladigan talab haqida bormoqda.
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rif awal asosiy bozorning aniqlab oli-
nishini ko‘zda tutadi.
Firmaning mahsulotiga bo‘lgan talab (markaga bo‘lgan talab)
62
deb bozordagi talabning bir qismiga aytiladi va u tovaming asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |