qo‘shimcha ravishda qo‘shimcha narx eVaziga har xil ikkinchi dara-
jali funksiyalarning bajarilishiga olib keladi. ,,Kontrsegmentlash“
strategiyasi esa, aksincha, tovarlarni hech qanday ,,bezaklarsiz“
taklif qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda arzon narxlarda sotiladigan
qo‘shimcha variantlar soni eng kam bo‘ladi.
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida tobora mayda segment
larga ajratish strategiyalarini qo‘llar edilar. Bu strategiyalar esa
markalar sonining ko‘payishiga olib kelar, natijada ishlab chiqa
rish va savdo xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib ketar edi.
Yuqorida aytib o ‘tilganidek, iqtisodiyotning va ijtimoiy mu-
hitning turbulentligi tufayli yuz bergan o ‘zgarishlar iste’m ol-
chilarni ,,narx/qoniqish“ nisbatiga ko‘proq e ’tibor beradigan qilib
qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar tovarning narxlari bilan uning
tavsifmi solishtirib ko‘rishga yaxshiroq tayyorlanganlar, ularni
tovarning narxi maxsus talablarga kamroq darajada moslashtiril-
59
ganligi tufayli arzonlashtirilgan deb qabul qilishga ko‘proq moyil-
dirlar. Ko‘pgina g ‘arb mamlakatlarida ,,markasiz“ tovarlarning
muvaffaqiyat qozonganligi ushbu evolutsiyani yana bir bor tas-
diqlaydi.
Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va awalo, ommaviy
iste’mol tovarlari sektorida tovarlarni ataylab soddalashtirish ten-
densiyasi kuzatilmoqda, ya’ni cheklangan funksiyalarga ega
bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar standart-
lashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchi-
larga ko‘proq daromad keltirmoqda. Shunday qilib, „kontrseg-
mentatsiya“ — ,,narx/qoniqish“ mezoniga asoslangan segment-
Do'stlaringiz bilan baham: |