rini aniqlash.
Segment o ‘lchami uning miqdoriy o ‘lchamlari va, birinchi
navbatda, sig‘imi bilan tavsiflanadi. Segment sig‘imini aniqlash
uchun tovarlar hajmini, ushbu segmentda ularni umumiy sotish
56
qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning
potensial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.
Bozor sig‘imini o ‘rganish asosida ishlab chiqarish quwatlarini
shakllantirish uchun va tovar sotish bo‘yicha taqsimlash tar-
mog‘i tuzilishi uchun asos bo‘lib hisoblanuvchi uning o ‘sish di-
namikasi baholanadi. Shuni hisobga olish kerakki, bozor sig‘imi
yetarli boMishi kerak, ya’ni bozor faoliyati natijalarini qo‘llash,
bozorda ishlash bilan bogMiq xarajatlami qoplab, rejalashtirilgan
foydani olishga kafolat berishi kerak.
Segmentning jalb etuvchanligi tuzilishini tadqiq etish raqobat
darajasini o ‘rganishi, mavjud mahsulotlar raqobatdoshligini,
xaridorlarga munosabatini, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga
b o ‘lgan segment ehtiyojining barqarorligini, mavjud xaridor
ehtiyojlarini qondiruvchi mutlaq yangi mahsulotni bozorga kiri
tish zarurligi va imkoniyatini o ‘z ichiga oladi.
0 ‘zlashtirilayotgan segm ent maqsadlariga erishish uchun
zarur boMgan tashkilot maqsad va resurslarini aniqlash strategik
muhim ahamiyatga ega boMib, tashkilotni uzoq muddatli maqsad
lariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga oshirish hamda
shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potensial im-
koniy resurslaming yetarli yoki yo‘qligini aniqlash uchun zarur
dir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq.
Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marke
Do'stlaringiz bilan baham: |