Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


gan ,,markasiz“ tovarlarni chiqarish mumkin


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

gan ,,markasiz“ tovarlarni chiqarish mumkin.
Xulq-atvorga ko‘ra segmentlash, sanoat bozorlari uchun katta 
ahamiyatga egadir. Uning vazifasi — yaqinlashish strategiyasini 
xarid haqida qaror qabul qiluvchi markazning strukturasi va fao­
liyat xususiyatlarini hisobga olgan holda sanoat mijoziga moslash- 
tirishdan iboratdir.
Masalan, ba’zi korxonalarda xaridlar jarayoni qat’iy markaz- 
lashtirilgan bo‘lib, u yerda qarorlar qabul qilishning talabchan 
qoidalari amal qiladi, ba’zi joylarda esa, aksincha, xaridlar mar- 
kazlashmagan, shu sababli, mijoz bilan muomala tarzi mayda fir­
malar bilan ishlashga mumkin qadar yaqin bo'lishi kerak. 
Shuningdek, markaz ishlarining quyidagi tavsifnomalari ham 
muhimdir: turli a’zolarning motivatsiyasi, taqdim etilgan turli 
funksiyalar o ‘rtasida vakolatlarni taqsimlash, rasmiylashtirish 
darajasi va qarorlar qabul qilish jarayonining muddati va bosh­
qalar. Ko'rsatib o ‘tilgan xulq-atvor tavsifnomalarini bevosita ku- 
zatish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shuning uchun 
ularni aniqlash, ko‘pincha, qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, yuqo- 
rida aytib o ‘tilganidek, bu tushunchalar savdo xodimlarining 
o ‘zlashtirib olishi uchun juda muhimdir.
3.3. Segmentlash strategiyasini amalga oshirish
Segmentlash jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozomi 
maqsadli segmentini tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada mu- 
rakkab bo‘lib, uni yechish uchun quyidagi ketma- ketlikka amal 
qilishni tavsiya etiladi:
— segment o ‘lchamini va uni o ‘zgarish (o‘sishi, kamayishi) 
tezligini o ‘matish;
— segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;
— o ‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resursla- 

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling