nazar, kengayib bormoqda.
Shu munosabat bilan ikki tushunchani: bozorning ,,absolut“
salohiyati bilan bozorning ,,joriy“ salohiyatini bir-biridan farq
lash lozim.
— Bozorning joriy salohiyati tushunchasiga yuqorida ta’rif be-
rildi, u 4.2-rasmda tasvirlangan, uni amalga oshirish raqobatchi
lar tom onidan ko‘rsatilayotgan marketing bosimi darajasiga
bog'liqdir.
— Bozorning absolut salohiyati maksimal talabga mos keladi,
ya’ni bunda potensial iste’molchilar tovarni har safar optimal
miqdorda iste’mol qiladilar.
Shunday qilib, bozorning absolut salohiyati uning joriy salo-
hiyatining yuqori chegarasiga mos keladi. Ushbu ikki tushuncha
o'rtasidagi nisbat quyidagi rasmda tasvirlangan.
66
0 ‘z -o ‘zidan ko‘rinib turibdiki, bozorning absolut salohiyati
tushunchasi bozor hajmi tushunchasiga yaqin bo‘lib, bu tu-
shuncha tovar ,,erkin“ bo‘lganda, ya’ni mutlaqo tekin narxda
taklif qilinganda uning bozor tomonidan qabul qilinishi mumkin
bo‘lgan hajmini xarakterlaydi. Amalda esa bozor salohiyati har
doim tovaming aniq narxi uchun aniqlanadi.
Shunday qilib, bozorning absolut salohiyatini bozordagi talab
intiladigan chegara sifatida tushunish lozim. Bu tushunchaning
foydaliligi shuki, u mazkur bozor ega bo‘lgan iqtisodiy imko-
niyat ko'lamini baholashga imkon beradi. Bozoming absolut salo
hiyatini hisoblashda uchta fikrga asoslaniladi:
— tovarning har bir potensial iste’molchisi aniq foydalanuv-
chidir;
— har bir foydalanuvchi tovardan foydalanish imkoniyati
vujudga kelgan har bir holatda undan foydalanadi;
— tovardan har safar optimal miqdorda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |