„Qamrov darajasi“ bilan „kirib borish darajasi11 o'rtasidagi
farq bozorga ta’sir ko‘rsatishning ustuvor maqsadlarini aniqlab
olish uchun muhimdir: maqsad yo foydalanuvchilar sonini oshi
rish yoki bir foydalanuvchiga to ‘g‘ri keladigan iste’mol hajmini
oshirishdir.
Bozorning mutlaq salohiyati qamrov darajasi 100 % ga teng,
kirib borish darajasi esa har bir foydalanish holati uchun maq
bul deb olingan holda aniqlanadi. Talabning joriy darajasi xarid
paytidagi barqaror ko‘nikmalarni kuzatish orqali aniqlanishi
mumkin. Zarur m a’lumotlami ba’zan professional uyushma-
lardan yoki rasmiy statistika axborotlaridan ham olish mumkin.
Biroq, ko‘pincha, iste’molchilar komissiyalaridan („panellari-
dan“) olingan dastlabki ma’lumotlami chetlab o ‘tib bo‘lmaydi.
72
Agar iste’mol tovari uzoq muddat foydalaniladigan tovar bi
lan bog'liq bo‘lsa (masalan, kir yuvish kukuni va kir yuvish
mashinasi), iste’molchilarning qamrov darajasi uzoq muddat
foydalaniladigan shu tovarning qamrov darajasi bilan almashtiri-
ladi. Bu yerda qo‘shimcha ko‘rsatkichni — bu tovarga qilinadigan
murojaatlar orasidagi vaqtni ham kiritish zarurdir. Natijada biz
quyidagi ko‘rsatkichlar to'plamiga ega bo‘lamiz:
— sarflanayotgan tovar birligining potensial miqdori;
— uzoq muddat foydalaniladigan tovarning qamrov darajasi;
— uzoq muddat foydalaniladigan tovarga murojaatlar tezligi;
— sarflanayotgan tovarning uzoq muddat foydalaniladigan to
varga nisbatan birlik murojaatga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi
(texnik koeffitsiyent).
Sarflanayotgan tovarlarning potensial iste’moli ular baja-
Do'stlaringiz bilan baham: |