iste’mol qilish davriyligiga ko'ra ulami:
• uzoq muddatli iste’mol tovarlari;
• qisqa muddatli iste’mol tovarlari;
• xizmat turlariga ajratish mumkin.
Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko‘ra esa ulami:
• kundalik iste’mol tovarlari;
• dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar;
• alohida talabga ega bo'lgan tovarlar;
• passiv talabdagi tovarlarga bo‘lish mumkin.
Ushbu turkumlash belgisi va tegishli guruhlarga kiruvchi to
varlar xususida batafsil to ‘xtalib o ‘tamiz.
Ko‘pgina hollarda kundalik iste’mol tovarlari guruhiga faqat
oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish bizning mamlakatimiz aholisi
uchun ko‘nikma bo‘lib qolgan. Chunki dastlabki ma’muriy iqti
sodiyot tizimidagi keng ko‘lamdagi ixtisoslashuv bevosita iste’mol
bozorida ham takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko‘pgina firmalar
va savdo shoxobchalari xorijiy tajriba va savdo qilishdagi mahalliy
ko‘nikmani nazarda tutib, kundalik iste’mol tovarlarini birmun
cha to‘g‘ri shakllantirishga yondashmoqdalar.
Kundalik iste’mol tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy
oziq-ovqatlar, kir yuvish va tozalash vositalari, uy xo'jaligi
70
uchun zaruriy mayda tovarlar, ayrim kanselariya tovarlari, kun
dalik ro‘znomalar, ommabop oynomalar va hokazolami kiritish
mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra
ularni, o ‘z navbatida, yana 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
a) doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar;
b) impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar;
v) favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar.
Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar — xaridorlar tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |