Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


„Qamrov darajasi“ bilan „kirib borish darajasi11 o'rtasidagi


Download 5.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/170
Sana27.10.2023
Hajmi5.79 Mb.
#1726788
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170
Bog'liq
Qosimova.M. Strategik marketing (1)

„Qamrov darajasi“ bilan „kirib borish darajasi11 o'rtasidagi 
farq bozorga ta’sir ko‘rsatishning ustuvor maqsadlarini aniqlab 
olish uchun muhimdir: maqsad yo foydalanuvchilar sonini oshi­
rish yoki bir foydalanuvchiga to ‘g‘ri keladigan iste’mol hajmini 
oshirishdir.
Bozorning mutlaq salohiyati qamrov darajasi 100 % ga teng, 
kirib borish darajasi esa har bir foydalanish holati uchun maq­
bul deb olingan holda aniqlanadi. Talabning joriy darajasi xarid 
paytidagi barqaror ko‘nikmalarni kuzatish orqali aniqlanishi 
mumkin. Zarur m a’lumotlami ba’zan professional uyushma- 
lardan yoki rasmiy statistika axborotlaridan ham olish mumkin. 
Biroq, ko‘pincha, iste’molchilar komissiyalaridan („panellari- 
dan“) olingan dastlabki ma’lumotlami chetlab o ‘tib bo‘lmaydi.
72


Agar iste’mol tovari uzoq muddat foydalaniladigan tovar bi­
lan bog'liq bo‘lsa (masalan, kir yuvish kukuni va kir yuvish 
mashinasi), iste’molchilarning qamrov darajasi uzoq muddat 
foydalaniladigan shu tovarning qamrov darajasi bilan almashtiri- 
ladi. Bu yerda qo‘shimcha ko‘rsatkichni — bu tovarga qilinadigan 
murojaatlar orasidagi vaqtni ham kiritish zarurdir. Natijada biz 
quyidagi ko‘rsatkichlar to'plamiga ega bo‘lamiz:
— sarflanayotgan tovar birligining potensial miqdori;
— uzoq muddat foydalaniladigan tovarning qamrov darajasi;
— uzoq muddat foydalaniladigan tovarga murojaatlar tezligi;
— sarflanayotgan tovarning uzoq muddat foydalaniladigan to­
varga nisbatan birlik murojaatga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi 
(texnik koeffitsiyent).
Sarflanayotgan tovarlarning potensial iste’moli ular baja- 

Download 5.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling