xizmat muddati b o ‘yicha taqsimlanishning bahosi o ‘zlaridagi
buyumni almashtirish bilan band bo‘lgan tovar egalarini tanlab
olish yo ‘li bilan aniqlanishi mumkin. Bunday yo‘l bilan aniqlan-
gan almashtirish tezligi eskirishning tovarni almashtirishga sabab
bo‘ladigan turli turlarini farqlashga imkon bermasligi tabiiydir.
Texnik jihatdan yaroqli bo‘lgan tovar iqtisodiy (masalan, agar
yangi tovarlarning ekspluatatsiya xarajatlari keskin kamaygan
74
bo‘lsa) yoki hissiy (masalan, agar foydalanuvchi yangi model-
laming estetik xususiyatlariga katta ahamiyat bersa) sabablarga
ko‘ra almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, almashtirish pay-
tida foydalanuvchi shu funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa
texnologiyaga asoslangan tovarga murojaat qilishi mumkinligini
ham esdan chiqarmaslik kerak.
Tejamliroq „past haroratli“ qozonlar ishlab chiqilishi natijasi-
da markaziy isitish sohasida katta taraqqiyotga erishildi, bu esa iqti
sodiy sabablarga ko‘ra almashtirish sur’atlarining tezlashishiga olib
keldi. Ayni paytda, boshqa texnologiyalar, masalan, issiqlik na-
soslari ham rivojlandi va ular ko‘p hollarda ba’zi maxsus sohalar-
da mazutda ishlaydigan qurilmalarning o ‘rnini egalladi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar sektoridagi savdo
hajmlarining katta qismi almashtirishga bo.‘lgan talabga to‘g‘ri ke
ladi, bu ayniqsa, uy xo‘jaliklarining bunday tovarlar bilan jihoz-
lanish darajasi juda yuqori bo‘lgan hamda aholi sonining o ‘sish
darajasi past bo‘lgan g‘arb mamlakatlarida kuzatiladi.
Iste’mol sektoridagi xizmatlarga bo‘Igan talab xuddi iste’mol
tovarlariga bo‘lgan talabni aniqlagandagidek yo‘l bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |