eng yaqin toifa firma o ‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi-
gan va pirovard mahsulotlarga o ‘tmaydigan sarflanadigan materi-
allardir. Bu holda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim:
— potensial foydalanuvchi tashkilotlar soni (oMchamiga qa
rab);
— oMchamiga qarab saralangan aniq foydalanuvchilar soni;
— bir aniq foydalanuvchi hisobiga to ‘g‘ri keladigan faollik
darajasi;
— faollik birligiga to ‘g ‘ri keladigan birlik iste’mol darajasi
(texnik koeffitsiyent).
Iste’mol darajalari — tovarning oson tanib olinadigan texnik
tavsifnomalaridir. Korxonalaming oMchami va faollik darajasiga
ko‘ra taqsimotini turli sanoat ma’lumotnomalaridan osonlik bilan
topish mumkin.
Sanoat tovarlarining ikkinchi toifasiga sanoat mijozi tayyorlay-
digan mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki uning
tarkibiga kiritiladigan oraliq mahsulotlar kiradi. Bu holda talab mi-
jozning ishlab chiqarish hajmiga bevosita bogMiq bo‘lib, quyidagi
tarkibiy qismlarga ega boMadi:
— potensial iste’molchi korxonalar soni (oMchamiga qarab);
— aniq iste’molchi korxonalaming ulushi (oMchamiga qarab);
— bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish haj
mi;
— pirovard mahsulot birligiga to £g‘ri keladigan birlik foydala
nish darajasi (texnik koeffitsiyent).
Bu toifaga ko‘p sonli avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab
chiqaruvchi ko‘p sonli korxonalar kiritiladi. Avtomobillarga
boMgan iste’mol talabining o ‘zgarishi ertami-kechmi detallarni
ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan talabning o ‘zgarishiga aylanadi.
Demak, pirovard talab evolutsiyasini sinchiklab kuzatish o ‘z
mahsulotiga boMgan talabni awaldan ko‘ra bilishni istagan kor
Do'stlaringiz bilan baham: |