gayuvchan va juda moslashuvchan bo‘ladi.
Ushbu bosqichning muhim jihati mahsulot hajmining ortishi
va paydo bo‘lib kelayotgan tajribaning samarasi hisobiga ishlab
chiqarish xarajatlarining muntazam kamayib borishidir. Narxlar
pasayib boradi, bu esa asta-sekin butun potensial bozorni qamrab
olishga imkon beradi. Shuning uchun marketing xarajatlari tez
o ‘sib borayotgan savdo hajmiga taqsimlanadi. Pul oqimlari musbat
bo‘lib boradi.
Iqtisodiy va raqobat muhitining tavsifnomalari tez o ‘zgaradi:
— savdo o ‘sib boruvchi sur’atlarda ortib boradi;
— endilikda maqsadli guruh yangilikni erta qabul qiladigan
kishilar segmenti bo‘ladi;
— yangi raqobatchilar bozorga ko‘p miqdorda chiqadilar;
— texnologiya bozorda keng tarqaladi.
Ushbu vaziyatdan unumli foydalanish uchun marketingning
ustuvor maqsadlari ham quyidagicha o ‘zgarishi kerak bo‘ladi:
— bozorni talab kengayib borayotgan sharoitlarda kengaytirish
va rivojlantirish;
— bozorni qamrab olish darajasini imkon qadar kengaytirish;
— markaning kuchli obrazini yaratish;
— markaga ishqibozlikni yaratish va qo‘Uab-quwatlash.
Ushbu yangi maqsadlarga erishish uchun marketing dasturi
yangilanishi, ya’ni quyidagilarga qaratilishi lozim:
— tovarni aw alo unga, yangi xususiyatlar qo‘shish orqali
yaxshilash;
— intensiv savdoga o ‘tish va sotish tarmoqlarining sonini
ko‘paytirsh;
— xaridorlarning yangi guruhlarini jalb qilish uchun narxni
pasaytirish;
— kommunikatsiya vositasida markaning yangi obrazini yaratish ,
Birlamchi talabni ishlab chiqishdan maqsad, odatda, katta
moliyaviy xarajatlami talab qiladi, vaholanki, agar pul oqimi
musbat bo'lib, rentabellik yaxshilanib borayotgan bo‘lsa-da,
Do'stlaringiz bilan baham: |