moliyaviy muvozanat chegarasiga yetmasligi ham mumkin. Bun
day bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan firma o ‘zining o ‘sishini m o
liyaviy ta’minlash uchun anchagina katta moliyaviy bazaga ega
bo‘lishi kerak.
82
Ushbu bosqichda talab kengayib borganligi tufayli, raqobat
chilar ko‘p bo‘lgan taqdirda ham raqobat muhiti tinchligicha
qoladi. Har bir firmaning marketing harakatlari bozorning taraq-
qiyotiga o ‘z hissasini qo‘shmoqda, bozor bilan hamqadam о ‘sib
borish maqsadi barchaga to‘g‘ri keladi.
Turbulentlik bosqichi. Ushbu o ‘tish davri birlamchi talabning
o ‘sish sur’ati sekinlashadigan davrdir. Iqtisodiy va raqobat muhiti
yana yangilanadi:
— talab sekinlashuvchi sur’atda о ‘sib boradi;
— bozoming asosiy qismini egallab olish maqsadi qo'yiladi;
— eng zaif raqobatchilar narxlar pasayganligi tufayli bo-
zordan ketadilar;
— tarmoqda konsentratsiya o ‘sib boradi.
Turbulentlik davrining asosiy jihati shundaki, o ‘sish sur’at-
larining sekinlashishi tufayli vaziyat barcha firmalar uchun qi-
yinlashib qoladi. Ko'proq darajada dinamik firmalar o ‘z faoliyatini
qayta strukturalab, o ‘zlari uchun yangi maqsadlami belgilaydilar.
Endilikda vazifa — bozorni rivojlantirish emas, balki undagi
o ‘z ulushini ko‘paytirishdan iborat bo‘ladi.
Tovar siyosati o ‘z tovarlarini raqobatdan va, ayniqsa, ko‘plab
maxsus ishlab chiqilgan nusxalardan differensiatsiyalash maqsa
dida segmentlash va maqsadli segmentlami tanlab olish orqali
belgilanadi. Yangi ustuvor maqsadlar quyidagicha belgilanadi:
— bozomi segmentlashga ijodiy yondashish va ustuvor maq
sadli segmentlami belgilab olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |