dastlabki ko‘nikmaga, odatga ko‘ra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib
olinadi. Masalan, oila uchun ko'nikmadagi non mahsuloti turi,
xo‘jalik sovuni, o ‘simlik yog‘i va hokazolar. Impulsiv tarzda sotib
olinadigan tovarlar guruhiga esa xaridor doim ular haqida
o ‘ylamaydigan, lekin uchrashi bilan xarid qilinadigan tovarlar
kiradi. Masalan, saqichlar, shokolad batonlari, televizion ko‘rsa-
tuvlar dasturi bo‘lgan oynoma, ro‘znoma va shu kabilar.
Favqulodda holatlar uchun xarid, odatda, retseptsiz sotiladi-
gan dori-darmonlar, uy hasharotlariga qarshi dorilar, zontlar va
shunga o ‘xshash xaridor duch kelgan sharoitdagina zarur bo‘l-
gan tovarlardan tashkil topadi.
Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar safiga: mebellar,
kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u
xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda
birmuncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar
o'xshash (sifat jihatidan bir-biriga yaqin, lekin dizayni va narxi
jihatidan farqlanadigan) hamda alohida ko'rinishdagi (rangi,
bichimi, navi jihatidan) xaridor didi va holatiga mos bo‘lgan to-
varlarga bo‘linadi.
Iste’mol tovarlari turkumi
Kundalik iste’mol to
varlari:
a) doimiy talabdagi
asosiy tovarlar;
b) impulsiv tarzda so
tib olinadigan tovarlar;
d) favqulodda holatlar
uchun tovarlar
Dastlabki tanlov
asosida olinadigan
tovarlar:
a) o'xshash to
varlar;
b) alohida ko'ri-
nishdagi tovarlar
Alohida
talabdagi
tovarlar
Passiv
talabdagi
tovarlar
Do'stlaringiz bilan baham: |