ta’sir ko‘rsatib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Fir
maning yangi texnologik jarayonlarni egallashiga, yangi mah
sulotlar ishlab chiqarishiga faqat bozordagi o ‘zgarishlar — bozor
munosabatlari sabab bo‘ladi.
4.2. Birlamchi talab tarkibi
Talabni tahlil qilish va uning determinanti — bozoming jozi
badorligini o ‘rganishning asosini tashkil qiladi. Tahlildan maqsad
bozor salohiyatini va birlamchi talabning amaldagi darajasini
miqdoriy baholash bo‘lib, busiz hech qanday iqtisodiy tahlil
o ‘tkazish mumkin emas. Birlamchi talab tarkibi talabning is
te’mol tovarlari yoki sanoat tovarlariga hamda uzoq yoki qisqa
69
muddat foydalaniladigan tovar yoki xizmatlar toifasiga kirishiga
ham jiddiy ravishda bog‘liqdir.
Iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab. Baholashning turli usullari
aslida ikki omildan: iste’mol qilinadigan birliklar miqdori (n) va
bir birlik tomonidan iste’mol qilinadigan tovarlar miqdoridan
(q) kelib chiqadi. Buning umumiy ko‘rinishi quyidagichadir:
Q = n x q,
bu yerda Q — birlamchi talab (donalarda). Birlamchi talab pul
ko‘rinishida, mos ravishda, quyidagicha ifodalanadi:
R = n x q x p,
bu yerda R — umumiy tovar aylanmasi, r — tovar birligining
o ‘rtacha narxidir.
Bu asosiy tamoyillaming turli tovar toifalariga nisbatan o ‘zga-
rishini ketma-ket ko‘rib chiqamiz.
Iste’mol bozori — uy xo‘jaliklari va individual xaridorlarning
o ‘z ehtiyojlari uchun sotib oladigan barcha tovarlar va xizmatlarni
o ‘z ichiga oladi. Iste’mol bozori ko'lamini o'rganishda uni bir qan-
cha belgilariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xususan, tovarlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |