nuqtayi nazardan qaraladi. Hayotiylik davri modelini qo‘llash
mumkin bo‘lgan boshqa sohalarni inkor qilmagan holda, tovar
ning hayotiylik davri modeli tovar bozorining hayotiylik davrini
tahlil qilishda eng ko‘p foyda beradi. Yuqorida ko‘rib o ‘tilganidek,
tahlilning aynan mana shu darajasi xaridorlarning xulq-atvoriga
aniq mos keladi. Shu yo‘sinda, tovarning har bir bozori ma’lum
bir hayotiylik davriga mos keladi. Bunday yondashuvda hayotiylik
davri nafaqat tovarning evolutsiyasini, balki m o‘ljallangan bo-
zoming evolutsiyasini ham aks ettiradi. Tovarning evolutsiyasi
texnologiya bilan, bozorning evolutsiyasi global talab va uning de
terminantlari bilan ifodalanadi.
Tahlil obyektini — tovar bozorlarining sinfini aniqlashda yana
bir muammo tug‘iladi: hayotiylik davrini nazorat qilinmaydigan
omillar bilan belgilanadigan mustaqil o ‘zgaruvchi deb qarash
kerakmi yoki kompaniyaning marketing faoliyatiga bog‘liq
bo‘lgan o ‘zgaruvchimi? Bu muhim masaladir. Birinchi holda,
hayotiylik davrining har bir bosqichida qaysi strategiyasini qabul
qilishni aynan tovarning hayotiylik davri belgilaydi; ikkinchi holda
esa, aksincha, tanlangan strategiyalar tovarning hayotiylik dav
rini belgilaydi.
Tovar markasining hayotiylik davri. Markalar miqyosidagi
asosiy harakatlantiruvchi kuch saylanma talabdir. Ko‘rinib turib-
diki, u asosiy bozorning rivojlanishi bilan belgilanadi, ammo
unga raqobat omili qo‘shiladi: bu omil bir marka va unga raqo
batchi markalar o ‘rtasidagi jami marketing harakatlarining nis-
batidan iboratdir. 0 ‘sib borayotgan bozorda tushkunlik va, aksin
cha, o ‘sish bosqichidagi markalarni kuzatish mumkin.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |