di, firmalar ko‘p sonli ehtiyojlaming barchasini qondirishga uri-
nadilar. Aynan shu bosqichda takroriy texnologik takomillashuv
ehtimoli eng yuqori bo‘ladi, chunki raqobatchilar tovarning
hayot davrini uzaytirishga intiladilar.
Yetuklik bosqichida iqtisodiy va raqobat muhitining asosiy
tavsifi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
— talab kengaymay qo‘yadi va global iqtisodiy o ‘sish sur’atla-
rida ortib boradi;
— uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga bo‘lgan talabda al
mashtirishga bo‘lgan talab ustunlik qiladi;
— bozorlar o ‘ta segmentlangan bo‘ladi;
— tovar bozorlarida bir necha qudratli raqobatchilar ustunlik
qiladilar va bozorning strukturasi oligopoliyaga mos keladi;
— texnologiyalar standartlashtiriladi.
Bundan kelib chiqqan holda, firmaning ustuvor strategik
maqsadi o ‘z bozor ulushini saqlab qolish va iloji bo‘lsa, kengay
tirish hamda bevosita raqobatchilar oldida barqaror raqobatli us
tunlikka erishishdan iborat bo‘ladi. Ushbu maqsadlarga erishish
uchun qo‘llaniladigan vositalar quyidagilar:
— tovarlarni sifat bo‘yicha differensiatsiyalash, bozorga yangi
yoki takomillashtirilgan, modernizatsiya qilingan tovarlarni taklif
qilish;
— bozor bo‘shliqlarini yoki segmentlarini qidirish;
— tovardan boshqa turli marketing o ‘zgaruvchilaridan: imidj,
talabni rag‘batlantirish va narxdan foydalangan holda raqobatli
ustunlikka erishishdir.
Talabning o ‘sishidagi sekinlashish raqobat muhitiga muqarrar
ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatning kuchayishiga ortiqcha ish-
lab chiqarish quwatlarining paydo boMishi sabab bo‘ladi. Narx
raqobati tobora ko‘proq uchraydi; u narx bo'yicha noelastik bo‘lib
Do'stlaringiz bilan baham: |