rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Bu farq qancha katta bo‘Isa, global
talabning o ‘sish potensiali shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha, bu
farq qancha kichik bo‘lsa, to ‘yinish darajasiga shuncha yaqin
boUadi.
4.3. Tovarning hayotiylik davri model!
Bozorning salohiyati shu tovar bozori ega bo‘lgan iqtisodiy
imkoniyatlaming ko‘lamini belgilaydi. Bu jozibadorlikning bi
rinchi va mohiyat jihatdan miqdoriy o ‘lchovi bo‘lib, unga dinamik
baho qo‘shimcha qilinishi mumkin. Ushbu dinamik baho uning
davomiyligini, ya’ni potensial talabning vaqt davomidagi evolut-
siyasini xarakterlaydi. Odatda, bu evolutsiyani tavsiflash uchun
tovaming hayotiylik davri (THD) modeliga murojaat qilinadi, bu
model biologiyadan olingan bo‘lib, u S-simon logistik egri chi-
77
ziqdir. Bu davrda to‘rt asosiy faza mavjud: tovarning bozorga kiri-
tilishi fazasi, eksponensial faza (o ‘sish-turbulentlik), statsionar
faza (yetuklik-to‘yinish) va tushkunlik fazasi (yakunlanish yoki
chirish).
Tovarning hayotiylik davri determinantlari. Tovarning hayo
tiylik davrini muhokama qilishdan awal hayotiylik davrini qaysi
tovarlarga nisbatan tahlil qilish kerakligini tushunib olish mu
himdir. Masalan, tovarlarning toifasigami (yozuv mashinkasi),
toifa tarkibidagi ma’lum bir turdagi tovargami (elektron yozuv
mashinkalari), maxsus modellargami (portativ elektron yozuv
mashinkalari), muayyan markagami (,,Canon“ markasi)?
Marketingga oid adabiyotlarda bu mavzuda anchagina chalkash-
liklar i>or bo‘lib, tovarlarning ushbu turli darajalariga har qan
day tovar vaqti o ‘tishi bilan u yoki bu shaklda o ‘zgaradi, degan
Do'stlaringiz bilan baham: |