varlaming miqdori va xizmat qilish muddatiga bevosita bog‘liqdir.
Almashtirish tezligi xizmat muddatining tugash tezligi bilan mos
kelishi shart emas, bunda iste’moldan chiqib ketadigan uzoq
muddat foydalaniluvchi tovarlarning ulushi tushuniladi. Har bir
narsa eskirishi mumkin, chunki uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari
qoniqarsiz bo‘lib qoladi yoki foydalanuvchilarning fikricha, u
modadan qolgan bo‘ladi.
Um um an olganda, xizmat muddatining tugash tezligi bu
muddatning uzoqligiga teskari proporsionaldir. Masalan, o ‘rtacha
xizmat muddati 12 yilga teng bo‘lsa, bu muddatning o ‘rtacha tu
gash tezligi 8,3%ni tashkil qiladi.
Xizmat muddatining yana davom ettirilishi birlamchi talabga
taalluqli bo‘lgan baholarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, Fransiyada avtomobillarning aniq xizmat muddati
10—11 yilni tashkil qiladi. Agar bu muddat 12,5 yilga yetsa, xiz
mat muddatining tugash tezligi taxminan 8%ga teng bo‘ladi, bu
esa 1,7 millionga yaqin mashinani almashtirishga bo‘lgan talabga
to‘g‘ri keladi. Agar, aksincha, o ‘rtacha xizmat muddati 9 yildan
oshmaydi, deb faraz qilsak, xizmat muddatining tugashi taxmi
nan 11,1 %ni tashkil qiladi, bu esa 2,1 million mashinani almash
tirishga bo‘lgan talab, demakdir.
Avtomobil bozorida texnologik xizmat muddati uzluksiz ortib
boradi. Shvetsiyada o ‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha,
ba’zi rusumdagi avtomobillarning xizmat muddati 1965- yildan
buyon 65%ga uzaygan.
Talabni baholash uchun zarur bo'lgan ba’zi m a’lumotlar,
m asalan, mavjud tovarlar miqdori va ularning muddatlar
bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarni o ‘tgan yillardagi
savdo faoliyatini tahlil qilish natijasida olish mumkin. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |