Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

251 


Interfeys (inglizcha — ihteface — o'zaro bog'lanish) raqamli hisoblash 
texnikasi qurilmalari o'rtasidagi axborot almashishni amalga oshirish uchun 
mo'ljallangan signal chiziqlari va shinalari, elektron sxemalar va algoritmlar 
majmuasini (to'plamini) ifodalaydi. 
Mikrokontroller (kontroller) — mikroprotsessorlar yoki mikroEHM 
asosida bajarilgan mantiqiy boshqaruv qurilmasi. 
9.2- § RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASI QURILMASIGA 
TEXNOLOGIK PARAMETRLAR HAQIDAGI AXBOROTNI 
KIRITISH 
VIII bobda ta'kidlab o'tilganidek, texnologik parametrlarni o'lchashning 
zamonaviy vositalari o'zgarmas tok, chastota va bosim ko'rinishidagi chiqish 
signallariga ega bo'ladi, ya'ni analogli bo'ladi. Bu signallarni raqamli 
hisoblash texnikasi vositalariga kiritish uchun tegishli moslovchi qurilma-
lardan (yoki qo'shish qurilmalaridan) foydalanish zarur. Bunda hal 
qilinadigan umumiy masala dastlabki o'lchov o'zgartgichlari (DO'O') sig-
nallarini hisoblash texnikasi vositalari qabul qiladigan elektr kodli signalga 
almashtirishdan iborat. Texnologik parametrlarni o'lchash vositalarining va 
hisoblash texnikasi vositalarining ishini moslashtirish uchun foydalanila-
digan qurilmalarning eng umumiy struktura sxemalari 9.2-rasmda ko'r-
satilgan. 
O'zgarmas tok / ning elektr signallari kod signallariga analogli-raqamli 
o'zgartgich (ARO') yordamida (9.2-rasm, a v a b lar), /chastota signallariga 
esa chastotaviy-raqamli o'zgartgich (CHRO') yordamida o'tkaziladi (9.2-
rasm, с va d). Agar aytib o'tilgan o'zgartgichlar bir nechta dastlabki o'lchov 
o'zgartgichlari, masalan, D O ' O ' - D 0 ' 0 '
n
ning signallarini o'zgartirish 
uchun foydalanilsa, u holda signallar navbati bilan ARO' ga elektr 
kommutator EK orqali keltiriladi (9.2-rasm, b). 
Pnevmatik DO'O' lar ishlab chiqaradigan siqilgan havoning bosimi 
signallarini almashtirish uchun, odatda, pnevmoelekrik o'zgartgich PEO' 
yordamida bosimni o'zgarmas tok elektr signaliga dastlabki almashtirishdan 
foydalaniladi (9.2-rasm e, f, g). Bunda agar bir necha DO'O' ning 
signallarini almashtirish uchun bitta PEO' va bitta ARO' qo'llanilsa, u holda 
252 


DO'O' ni PEU ga navbati bilan ulash pnevmatik kommutator PK 
yordamida amalga oshiriladi (9.2-rasm, f ) . Agar, har bir PEO' ning signalini 
o'zgartirish uchun shaxsiy PEO' dan foydalanilsa, u holda EK yordamida 
DO'O',—D0'0'
n
ni ARO' ga navbati bilan ulash amalga oshiriladi (9.2-
rasm, g). 
Kod signalini hisoblash texnikasi vositalariga kiritish asbobli interfeyslar 
yordamida amalga oshiriladi. 
O'lchash vositalari uchun interfeys (asbobli interfeys) tegishli kod 
ko'rinishdagi chiqish signaliga ega bo'lgan o'lchov vositalari bilan raqamli 
hisoblash texnikasi vositalari o'rtasida axborot almashish uchun mo'l-
jallangan. 
Keyingi paytlarda raqamli hisoblash texnikasi vositalarini o'z ichiga olgan 
o'lchov tizimlarida magistral turdagi (umumiy magistralli) asbobli 
interfeyslar qo'llanilmoqda. Bunday interfeyslarga Xalqaro Elektrotexnik 
253 


Komissiya tavsiya etgan asbobli interfeys MEK (IEC — Internatinal 
Electrotechnical Comission) va interfeys KAMAK (SAMAS — Computer 
Automated Measerement and Control) kiradi. 
9.3-rasmda bir necha o'lchash va hisoblash qurilmalarini umumiy 
magistralga ulash sxemasi ko'rsatilgan. Bu magistralga ulanadigan barcha 
qurilmalar mazkur holda asboblar deyiladi. Interfeys asbobli va interfeysli 
axborotlarni tezlik bilan uzatuvchi umumiy magistraldan va o'lchov 
vositalarining interfeysli qismidan, va boshqa ulanuvchi qurilmalardan (9.3-
rasmdagi А, В, С interfeyslar), shuningdek boshqaruv (kontroller) 
qurilmasidan iborat. Magistralga ulangan asbob quyidagi holatlarda bo'lishi 
mumkin: 
— zaxira, axborot manbai (II) sifatida ishlash va axborot qabul qiluvchi 
(PI) sifatida ishlash. Shu tarzda asboblar ishi dastur bo'yicha boshqariladi. 
Dastur bo'yicha boshqariluvchi asboblarning interfeys qismlari ikki xil 
ko'rinishda bajariladi: 
— asbobning orqa panelida standart raz'yom o'rnatilgan, asbobning 
ichida tarkibiy qismi sifati ishlangan va konstruktiv o'rnatilgan sxema 
ko'rinishida (bu xil ko'rinish amaldagi xalqaro andazalarga muvofiq ishlab 
chiqarilayotgan yangi asboblarda qo'llaniladi); 
— yalpi ishlab chiqarilayotgan yoki chiqish signali kod ko'rinishidagi, 
ilgari ishlab chiqarilgan qurilmalarga ulanadigan, alohida ishlangan modullar 
ko'rinishida. O'lchov qurilmalarining interfeys qismi magistraliga ulanganda 
kodlangan adres beriladi. 
Magistralda ma'lum vazifani bajaruvchi bir qancha chiziqlar interfeys 
shinasiga birlashtirilgan, xususan, ma'lumotlar shinasi, sinxronlashtirish 
254 


shinasi, boshqaruv shinasi (9.3-rasm). Ma'lumotlar shinasi axborotli 
ma'lumotlarni uzatishda foydalaniladi, ularga o'lchash natijalari va birliklari, 
o'lchash ketma-ketligi (dasturi) va hokazolar kiradi. 
Sinxronlashtirish va boshqarish shinalari bo'yicha magistralga ulangan 
qurilmalarning o'zaro ta'sirlashuvini ta'minlovchi interfeysli ma'lumotlar 
uzatiladi. Interfeys (li) ma'lumotlarga bu qurilmalarga quyidagi kabi biror 
xizmat vazifalarini amalga oshiruvchi ma'lumotlar kiradi: axborot manbai, 
axborotni qabul qilgich, kontroller, uzatishni, qabul qilishni sinxron-
lashtirish, xizmat ko'rsatishga so'rov, parallel so'rov, qurilmani tozalash, 
asbobni ishga tushirish, masofadan turib va mahalliy boshqaruv. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling