Nashriyot-matbaaijodiy uyi
O'lchash-hisoblash tizimi (O'HT)
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- OHT va OHM
- operativ axborot
- statistik axborot
O'lchash-hisoblash tizimi (O'HT) — bu, tarkibiga dastur bilan bosh-
qariluvchi raqamli hisoblash qurilmasi (mikroprotsessor, mikro va mini EHM va hokazolar) kiruvchi AO'T dir. O'lchash-hisoblash majmuasi (O'HM) — O'HT ning universal yadrosi bo'lib, unga o'lchov axborotiga raqamli ishlov berish, saqlash, qayd etish va akslantirish kiradi (bundan birlamchi o'lchov o'zgartgichlari mustasno). Elektrik kattaliklarni o'lchashda O'HT va O'HM ning texnik vositalari bir xil bo'lishi mumkin, chunki axborotni birlamchi o'zgartirish amalda bo'lmaydi. AO'T ning o'lchov va axborotini olish, ishlov berish va uzatish vositalarining mahalliy avtomatik ishlashini tizimli tashkil etishdan iborat asosiy konsepsiyasi (yo'nalishi) ko'p jihatdan rivojlanuvchi raqamli hisoblash texnikasi ta'sirida XX asrning 60-yillari boshlarida ifodalangan edi. O'sha vaqtlarda AO'T ning birinchi avlodi yaratilgan bo'lib, ular axborotni AO'Tga kirgan maxsuslashtirilgan hisoblash qurilmalari yordamida ishlov berish bilan markazlashgan siklik olish bilan ifodalanadi. Bunday AO'Tlarning elementlar bazasi diskretli — yarimo'tkazgichli texnika bo'ladi. 261 Texnologik jarayonlarda birinchi avlod AO'Tlar markazlashgan nazorat tizimi ko'rinishida foydalanilar edi. Bu AO'T lar kimyoviy-texnologik jarayonlarda uning kechishi tarixi va an'anasini aniqlashni qiyinlashtiruvchi o'lchash axborotini ifodalashning jadval shakli tufayli, shuningdek, jara- yonda foydalaniladigan o'lchashlar va boshqarishning shchitli tizimi funk- siyalarini takrorlash tufayli keng qo'llaniladi. AO'Tlarning ikkinchi avlodi XX asr (70-yillar) axborotni adresli to'plash, uni AO'T tarkibiga kiruvchi EHM yordamida ishlash va kichik hamda integratsiya darajasidagi mikroelektron sxemaning element bazasi sifatida foydalanish bilan ifodalanadi. AO'T laming hozirgi vaqtda rivojlanayotgan uchinchi avlodi ularning tarkibida katta mikrosxemalar, mikroprotsessorli komplekt va mikroEHM laming foydalanishi bilan ifodalanib, bu AO'T ning ko'pgina tavsiflarini ancha yaxshilashga va axborotni to'plash, ishlov berish hamda saqlash jarayonini ma'lum darajada markazlashtirmaslikka imkon beradi. Bu AO'T larda mikroprotsessor vositalar hisobiga axborotni olish joyiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan joylarda, masalan, qarab chiqilgan MPT ichiga qurilgan o'lchov qurilmalarida axborot ishlanadi va oraliq saqlanadi. Markaziy EHM bunda ancha murakkab va tezkor masalalarni bajaradi. Ikkinchi va uchinchi avlod axborot-o'lchov tizimlari yuqorida keltirilgan ta'rifga muvofiq AHT ni ifodalaydi. Hozirgi vaqtda sanoatda AHK laming bir qancha turlari ishlab chiqarilmoqda, ularga AO'T ni yaratish uchun tegishli o'lchov quril- malarini ulash yetarli. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda, texnologik parametrlami o'lchash masalasi rostlash va boshqarish masalalari bilan uzviy bog'liq holda hal qilinganda AHT lar TJABT doirasida uning tarkibiga kiruvchi boshqaruvchi hisoblash mashinalari (BHM) yoki boshqaruvchi hisoblash komplekslari (BHK) asosida yaratiladi. TJABT ni tashkil etish o'z mafkurasiga ko'ra uchinchi avlod AO'T lari uchun AHK ni tashkil etishga o'xshash. Zamonaviy AHT va BHK da magistral modul struktura bo'yicha yasalgan mikroprotsessorlar, mini va mikroEHM laming keng qo'llanilishi — apparat vositalarining ko'payishining soddaligini va AHT yoki BHK hal qiladigan masalalarni dasturlash yo'li bilan o'zgartirishga imkon beradi. Buni AO'T larining barcha turlari, xususan, axborotni to'plash va ishlov berish o'lchov tizimlari, avtomatik nazorat tizimlari, texnik diagnostika va texnik shakllarni ajratish tizimlari, asosan, bir xil strukturaga ega bo'lishi belgilab beradi, bu struktura umumlashtirilgan ko'rinishda 9.7-rasmda ko'rsatilgan. Birlamchi o'lchov axboroti, masalan, kimyoviy-texnologik jarayonning (o'lchov obyekti — O'O) parametrlari haqidagi axborot birlamchi o'lchov o'zgartgichlari (BO'O') tomonidan ishlab chiqiladi, BO'O' signallari 262 analogli oraliq o'zgartgichlari blokida (AOO'B) energiyaning shakli va turiga qarab bir xillashtiriladi va shakli o'zgaradi (masalan, pnevmatika elektr energiyaga aylanadi). Analog-raqamli o'zgartgichlar blokida (ARO'B) bir xillashtirilgan analogli elektr kanallar kodga almashtiriladi va raqamli qurilmaga (RQ) keladi, bu vazifani zamonaviy AHT da mini yoki mikroEHM lar o'taydi. Xususiy hollarda, raqamli qurilmalar sifatida mik- roprotsessorlar, maxsuslashtirilgan hisoblash qurilmalaridan foydalaniladi. AHT da chiqish qurilmasi sifati displey, raqamli indikatorlar, signaliza- torlar, magnit lenta(tasma)larida to'plagichlar va hokazolardan foydalaniladi. Raqamli-analogli o'zgartgichlar (RAO') bloki o'lchanayotgan katta- liklarni o'zgartirish jarayonida kompensatsiyalovchi ta'sirlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. AHT ning barcha funksional (ish) bloklari o'zaro standart interfeys qurilmalar (IFQ) orqali birlashtirilishi mumkin. AHT ni boshqarish esa, boshqarish qurilmasi (BQ) orqali amalga oshiriladi. Xususiy hollarda, AHT ning yuqorida nomlari etib o'tilgan bloklaridan ba'zilari bo'lmasligi mumkin. Masalan, agar AHTda chiqish signah kod ko'rinishda bo'lgan, yuqorida qarab chiqilgan o'lchov qurilmalaridan foydalanilsa, u holda AHT ga AOO'B va ARO'B bloklarini kiritish zarurati qolmaydi. Kimyoviy-texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda AHT lar ayni bir PO'O' lardan kelayotgan o'lchov axborotlaridan foydalanib, o'lchash, nazorat va texnik diagnostika vazifalarini bajaradi. Bu vazifalar AHK dastur vositalari bilan amalga oshiriladi. AHT ning asosiy vazifalaridan biri — o'lchash axborotini to'plash va ishlov berishdir. Bunda AHT ham bevosita, ham bilvosita o'lchashlarning bajarilishini, shu bilan birga jarayonning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari hisobining bajarilishini ta'minlaydi. 9.2-jadvalda AHT dan bilvosita majmua o'lchashlarni bajarishda foydalanishga misollar keltirilgan. 263 264 9.2-jadvaldagi belgilashlar: aP — torayuvchi qurilmada bosimning o'zgarishi (farqi); P r va T r — gaz oqimining mutlaq bosimi va harorati; p n — gazning normal sharoitdagi zichligi; p r — gazning ish sharoitidagi zichligi; p — turbinaning aylanishlari soni; S p — ish sharoitidagi dinamik qovushqoqlik; F xa va F yo — xomashyo va yonilg'ining massa sarfi; t 2 va t x — xomashyoning pechdan chiqish va kirishdagi yoki iste'molchi issiqlik energiyasining harorati; q — yonilg'ining eng quyi massa yonish issiqligi; С r2 va C ri — xomashyoning o'zgarmas bosimda pechdan chiqish va kirishdagi issiqlik sig'imi; T— destruktiv jarayonning o'ziga xos harorati; x — kontakt vaqti; Q — o'rtacha hajmiy sarf; V— reaktor hajmi; a — o'zgarmas kattalik; C s — suyuqlikning issiqlik sig'imi. AHT yordamida olingan axborotni operativ statistik va hisobot turlariga bo'lish qabul qilingan. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish uchun foy- dalaniladigan axborot operativ axborot deyiladi. Texnik-iqtisodiy para- metrlar haqidagi axborot uning muhim qismi hisoblanadi. Ko'p marta oichashlar asosida olinadigan va texnologik jarayonning sifati haqida uzoq vaqt davomida (bir necha soat, kun, oy) hukm yuritishga imkon beruvchi axborotga statistik axborot deyiladi. Xomashyo miqdori, sifati va turi, texnologik jarayonning oraliq va pirovard mahsulotlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan axborot Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling