masofa o'lchanayotgan bosimga nisbatan mutanosib o'zgaradi. Qoplamalar
yuzi va dielektrik singdiruvchanlik o'lchash jarayonida o'zgarmaydi.
Shuning uchun, (3.24) ifodani quyidagicha yozish mumkin:
(3.25)
bunda
Shunday qilib, kondensator sig'imi o'lchanayotgan bosimga muta-
nosibdir. С ni o'lchov axboroti signaliga aylantirish uchun, odatda,
o'zgaruvchan tok ko'priklaridan yoki rezonansli ZC-konturlardan foyda-
laniladi. Sig'imli asboblar 120 mPa gacha bo'lgan bosimni o'lchashda
qo'llanadi. Membrananing qalinligi 0,05 ... 1 mm. Ulardan tez o'zgaruvchi
bosimlarni o'lchashda foydalaniladi. Sig'imli manometrlarning ko'rsatishiga
atrof-muhitning harorati ta'sir qiladi. Chunki harorat o'zgarishi natijasida
qoplamalar orasidagi masofa o'zgaradi. Sig'imli manometrlarning yana bir
kamchiligi parazit sig'imlar ta'siridir. O'lchash xatoligi asbob shkalasining
±0,2 ... 5 % idan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: