Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Peyzoelektrik manometrlarning
P—P
2 — tenzoo'zgartkichlarga membrana va suyuqliklar orqali ta'sir qiladi. Tenzoo'zgartkich germetik chiqishlar 5 orqali elektron qurilma 6 ga ulanadi. Shu qurilma yordamida tenzorezistorlar qarshiligining o'zgarishi me'yor- lashtirilgan tokli chiqish signaliga almashadi, u masofadan turib uzatish uchun xavfsiz uch o'tkazgichli sim bo'yicha ta'minot bloki 7 ga uzatiladi. Ta'minot bloki portlashga xavfsiz xonaga o'rnatiladi va birlamchi o'z- gartkichning ikki o'tkazgichli sim bo'yicha ta'minotini ta'minlaydi. Shu liniyaning o'zidan chiquvchi tokli signal uzatiladi. Ko'rsatilgan vazifa bilan bir qatorda, ta'minot bloki chiqish signalining quwatini tashqi RH yukla- nishni ulash uchun zarur qiymatgacha oshiradi va chiqish signalining berilgan qiymatini shakllantiradi (0...5, 0...20 yoki 4...20 mA). Ortiqcha bosim, mutlaq bosim va siyraklanishlarni nazorat qilishda tenzorezistorli o'lchash o'zgartkichlaridan foydalaniladi. Farqi shundaki, o'lchovchi o'zgartkich obyektga „plusli kamera" bilan, „minusli kamera" orqali esa atmosfera bilan ulanadi. Mutlaq bosimni o'lchovchi o'zgartkichlarda minusli kamera vakuumlanadi. Ortiqcha bosimni, siyraklashish va bosimlar farqini o'lchaydigan tenzorezistorli o'lchovchi o'zgartkichlarning aniqlik sinflari 0,6; 1,0; 1,5. O'lchash chegaralari: ortiqcha bosim — 0... 10—3 dan 0...60 mPa gacha; siyraklanish — 1...0 dan — 10...0 kPa gacha; mutlaq bosim — 0...2,5 kPa dan 0...2,5 mPa gacha; bosimlar farqi — 0...1 kPa dan 0...2,5 mPa gacha. Peyzoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba'zi kristall moddalar- ning mexanik kuch ta'sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa peyzoeffekt deb ataladi. Peyzoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu turdagi asboblarda ko'pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning peyzoelektr effekti +500 °C gacha 92 bo'lgan haroratga bog'liq emas, lekin +570 °C dan oshgan haroratda bu effekt nolga teng bo'lib qoladi. F kuch ta'sirida kristall_plastinka yuza- larida paydo bo'ladigan elektr zaryad ushbu tenglama bilan topiladi: (3.28) bu yerda: K Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling