Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

3.4- §. ELEKTR ASBOBLAR 
Elektr asboblarning ishlash prinsipi bosimni u bilan funksional bog'liq 
bo'lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o'zgartirishga 
asoslangan. Bularga induktiv, sig'imli, qarshilikli, pyezoelektr va boshqa 
manometrlar kiradi. 
Bosim o'lchashning eng ko'p tarqalgan vositalari kuch kompensatsiyasi 
asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez 
ta'sirchanligi, gabarit o'lchamlari va massasi bo'yicha ancha mukammal 
induktiv, sig'imli, tenzorezistorli, pyezoelektrik o'zgartkichlardan orqada 
qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensatsiyali o'zgartkichlarning va 
pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvchi qismlarning bo'lishi o'l-
chash vositalarining zarbga chidamliligiga qo'yiladigan zamonaviy talab-
larning qondirilishini qiyinlashtiradi. 
Hozir mikroelementli texnikani keng joriy qilish hamda konstruktiv 
yechimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni 
o'lchashning an'anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar 
bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni yaratishda 
shart va talablarning turli-tumanligi sababli awal ishlab chiqarilgan bosimni 
o'lchash o'zgartkichlaridan (BO'O') foydalanishdan to'la voz kechish 
kerakligihi anglatmaydi. 
Induktiv asboblarning ishlash prinsipi g'altak induktivligining tashqi 
bosim ta'siridan o'zgarishiga asoslangan. 
3.7-rasmda induktiv o'zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni 
o'lchash o'zgartkichining sxemasi ko'rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi 
membrana 1 o'ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori hisob-
lanadi. O'lchanayotgan bosim ta'sirida membrana siljiydi, bu induktiv 
88 


o'zgartkichli elementning elektr qarashiligini 
o'zgartiradi. Agar g'altakning aktiv qarshiligi, 
magnit oqimlari hisobga olinmasa va o'zakda 
yo'qotilsa, o'zgartkich elementning L induk-
tivligini quyidagi tenglama bo'yicha aniqlash 
mumkin: 
(3.21) 
bu yerda: W — g'altak o'ramlari soni, ц
0
— 
havoning magnit singdiruvchanligi, S — magnit 
o'tkazgich ko'ndalang kesimining yuzi, 8 — havo oralig'ining uzunligi. 
Membrananing deformatsiya kattaligi o'lchanayotgan bosimga muta-
nosibligini e'tiborga olib, 
(3.22) 
(3.21) tenglamani quyidagi ko'rinishga keltiramiz: 
(3.23) 
(3.23) tenglama bosimni o'lchash induktiv o'zgartkichning statik 
xarakteristikasini ifodalaydi. 
L ni o'lchash, odatda, o'zgaruvchan tok ko'priklari yoki rezonansli LC — 
konturlar tomonidan amalga oshiriladj. 0,5 ... 1,0 MPa bosimda 
membrananing qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim 20...30 mPa bo'lganda esa 
1,3 mm. Membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil 
etadi. Induktiv bosim o'zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5) %. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling