Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Millivoltmetrlar. Termoelektr termometrlar (termojuftlar) dagi TEYKni 
o'lchash uchun elektr magnit millivoltmetrlar, potensiometrlar va me'yor-
lovchi o'zgartkichlar keng qo'llanilmoqda. Millivoltmetr elektr magnit 
o'lchash asbobi bo'lib, uning ishlash prinsipi 
qo'zg'aluvchan ramkadan o'tayotgan tokning 
o'zgarmas magnit maydoni bilan o'zaro ta'sir-
lashishiga asoslangan. 
Millivoltmetrning tuzilishi 2.8-rasmda-ko'r-
satilgan. 
Doimiy magnitning qutb uchlari 2 va 
tayanch tovonostlari 8 da aylanadigan o'qlarda 
joylashgan o'zak 3 orasidagi (havo oralig'ida) 
ramka 5 bor. Ramkaning uchlari o'qlar 7 ga 
ulangan ramkaga kronshteyn 9, strelka 10 
ulangan. 
46 


Strelkaning uchi shkala 11 bo'ylab siljiydi. Ramka termojuft zanjiriga 
ulanganda spiral-prujina 6 dan keladigan tok ramkadan o'tadi. Ramkaning 
chulg'ami orqali tok o'tganda hosil bo'lgan magnit maydoni bilan doimiy 
maydon o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida aylantiruvchi moment hosil 
bo'ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu 
aylanishga teskari ta'sir qiladi. TEYK iga strelkaning muayyan bir vaziyati 
to'g'ri keladi.Tok o'tmagan paytda elastik prujinalar 6 ramkani boshlang'ich 
vaziyatga qaytaradi, strelkaning shkala 11 bo'yicha ko'rsatishi esa nolga teng 
bo'ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlashi uchun posangi 
4 bilan ta'minlangan. Asbob shkalasi °C da darajalangan. Ramkadan 
o'tayotgan tok bilan doimiy magnit maydon orasidagi o'zaro ta'sir tufayli 
paydo bo'lgan aylantiruvchi moment quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. 
(2.29) 
bu yerda: M
ayl
 — aylantiruvchi moment; C, — ramkaning geometrik o'lchami va 
chulg'amlari soni bilan aniqlanadigan doimiy koeffitsiyent; В — oraliqdagi magnit 
induksiyasi; I — ramkadagi tok. 
Aylanishga teskari ta'sir etuvchi moment: 
(2.30) 
bu yerda: C
2
 — elastik element (spiral - prujina yoki cho'zilgan tolalar) o'lchamidan 
aniqlanadigan doimiy koeffitsiyent; E — spiral prujinalarining elastik moduli yoki cho'zilgan 
tolalarning siljish moduli; cp — elastik elementning burilish burchagi. 
Agar M , = M
les
, ya'ni muvozanat holati bo'lsa, 
(2.31) 
u holda 
(2.32) 
Asbobning tuzilish parametrlariga bog'liq bo'lgan С, В, E kattaliklar 
o'lchash jarayonida o'zgarmaydi, shuning uchun, 
(2.33) 
bu yerda: 
(2.33) ifodadan pirometrik millivoltmetr shkalasi chiziqli ekanligini ko'rish 
mumkin. 
Asbobni qo'zg'aluvchan tizimining burilish burchagi ramkadan o'tayot-
gan tok kuchidan tashqari yana termojuft, ulaydigan simlar va millivolt-
metrlarning ichki qarshiligiga ham bog'liq: 
J
(2.34) 
47 


bu yerda: E
T
— TEYK; R
T
 termopara qarshiligi; RS — ulaydigan simlar qarshiligi; 
R
M
 — millivoltmetrning ichki qarshiligi. 
(2.34) ifodadan asbob strelkasining chetga chiqishi TEYK ning 
o'zgarmas qiymatida zanjirning turli qarshiliklariga bog'liq ekanligi ko'rinib 
turibdi. Shuning uchun, asbobning darajalanishi zanjir tashqi qismining 
muayyan qarshiligida (R
tash
 = R
t
 + R) bajariladi va qo'shimcha xatoliklarga 
yo'l qo'ymaslik uchun pirometrik millivoltmetrni o'rnatish jarayonida shu 
qarshilik aniq saqlanishi shart. Odatda, tashqi qarshilikning darajali miqdori 
0,6; 1,6; 5; 15; 25 Om ga teng bo'lib, asbobning shkalasi va pasportida 
ko'rsatiladi. Tashqi qarshilikni millivoltmetr shkalasida ko'rsatilgan qarshilik-
ka tenglashtirish uchun o'zgaruvchi qarshilikdan foydalaniladi. 
O'lchash asbobi sifatida ishlatiladigan millivoltmetrli termoelektrlar 
komplektining kamchiligi o'lchash asbobida tok mavjudligidir. Ток qiymatiga, 
ya'ni millivoltmetrning ko'rsatishiga TEYK dan tashqari, zanjirning qar-
shiligi ham ta'sir qiladi: 
Har bir qarshilikning o'zgarishi o'lchashda sodir bo'ladigan xatolikka 
olib keladi. Noqulay sharoitda bu xatolik asosiy xatolik miqdoridan (aniqlik 
sinfidan) oshib ketishi mumkin. 
Texnik millivoltmetrda ramka qarshiligining millivoltmetr umumiy 
qarshiligiga nisbati 1:3 dan ortiq emas. Millivoltmetrning umumiy qarshiligi 
orttirib borilsa, uning harorat koeffitsiyenti kamayib boradi. Shu bilan 
atrof-muhit harorati o'zgarishidan kelib chiqadigan xatolik ham kamayadi. 
Agar termojuft erkin uchlarining harorati o'lchash jarayonida keng chega-
ralarda o'zgarsa, unda ko'prik sxemasidan foydalangan holda sovuq 
ulanmalar haroratini kompensatsiya qilish usuli qo'llaniladi. 
Sanoatda va laboratoriyalarda qo'llaniladigan millivoltmetrlar ko'rsa-
tuvchi, o'zi yozuvchi va rostlovchi bo'lishi mumkin. Tuzilishining bajarilishi 
nuqtayi nazaridan asboblar shitda o'rnatiladigan va ko'chma bo'ladi. Ko'chma 
asboblar uchun 0,2; 0,5 va 1,0, shchitda o'rnatiladiganlari uchun 0,5; 1,0 
va 1,5 aniqlik sinflari belgilangan. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling