Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
( 2 . 3 5 )
yoki ( 2 . 3 6 ) bu yerda: I R bd — E manba kuchlanishining tarmoqdagi tushuvi. Zanjir tarmog'idagi tok kuchi butun zanjirdagi tok kuchiga teng, demak: ( 2 . 3 7 ) bundan, ( 2 . 3 8 ) 4 — N. R. Yusupbekov va boshq. 49 Kompensatsiya paytida U bd = E(t, t 0 ) nazarda tutilsa: (2.39) Reoxord kalibrlangan qarshilikka, ya'ni uning har bir uzunligining teng tarmog'i bir xil qarshilikka ega bo'lgani uchun (2.40) Shunday qilib, E(t, t {) ) termoparaning TEYK reoxord qarshiligi R BC tarmog'idagi kuchlanish tushuvi miqdori bilan aniqlanib, qolgan qarshi- liklarga bog'liq emas. R BC reoxord shkala bilan ta'minlanishi va shkala bo'linmalari millivolt yoki harorat birliklariga teng bo'lishi mumkin. TEYK ni o'lchash aniqligi reoxord zanjiridagi I tok kuchining o'zgarmasligiga bog'liq. Tok kompensatsion usul bilan beriladi va nazorat qilinadi. Buning uchun potensiometr sxemasiga normal elementli qo'shimcha kontur kiri- tiladi. Odatda, normal element (NE) vazifasini simob-kadmiyli galvanik Veston elementi bajaradi. Bu elementning elektr yurituvchi kuchi 20°C da 1.0183V ga teng. NE almashlab ulagich P orqali qarshilik R NE uchlariga ulanadi va uning EYKi yordamchi tok manbayi E ning EYKi tomon yo'nalgan bo'ladi. Qarshilik R yordamida kompensatsion zanjirdagi tok ku- chini rostlash bilan NI ning strelkasi nolni ko'rsatishiga erishiladi. Bunday holda kompensatsion zanjirdagi tok kuchi quyidagicha ifodalanadi (2.41) Termoparaning TEYK ni o'lchashda P almashlab ulagich / vaziyatdan O' vaziyatga o'tkaziladi. Reoxord R r ning D sirpang'ichini siljitib b va с nuqtalar orasidagi potensiallar ayirmasini termojuft TEYK iga tenglash- tiriladi. Shu paytda termopara zanjiridagi tok kuchi 0 ga teng, shuning uchun, (2.42) E ne va R ne laming qiymati o'zgarmas bo'lgani uchun TEYK ni aniqlash qarshilik tarmog'ining uzunligini aniqlash bilan baravardir. EYK ni kompensatsion usul bo'yicha o'zgaruvchan tok sharoitida ham o'lchash mumkin. Ammo bu holda o'lchash aniqligi birmuncha pastroq, o'zgaruvchan tokda ishlaydigan asboblar esa birmuncha murakkabroqdir. Ko'chma potensiometrla sex va laboratoriya sharoitlarida tekshiruv va darajalash ishlarida EYK ni kompensatsion usul bo'yicha o'lchash uchun qo'llaniladi; namuna potensiometrlar aniq o'lchashlarda ishlatiladi. Bu asboblarning o'lchash sxemalari yuqorida ko'rilgan sxemaga o'xshash, faqat farqi shundaki, o'lchash reoxordi namuna qarshiliklardan tashkil topgan seksiyalar shaklida tayyorlanadi. 50 Yuqorida ko'rilgan potensiometrlarda o'lchash zanjirining nobalans toki nol indikator asbobi strelkasini harakatga keltiradi, avtomatik potensiometrlarda esa bu asbob yo'q. Uning o'rniga elektron blok ishlatiladi. Ko'chma potensiometrlardan farqli o'laroq, avtomatik potensiometrlardagi reoxordning surilgichi qo'l bilan emas, balki maxsus qurilma orqali avtomatik ravishda siljiydi. 2.10-rasmda avtomatik potensiometrning tuzilish sxemasi ko'rsa- tilgan. TP termoparali TEYK E x ni o'lchash uni kalibrlangan R r reoxord kuchlanishining kamayishi bilan taqqoslash orqali bajariladi. Potensio- metrning kompensatsion sxemasi surilgich К li reoxord R n o'zgarmas kuchlanish E x ni o'zgaruvchan kuchlanishga aylantirib beruvchi elektron kuchaytirgich 1, reversiv elektr dvigatel 2 va tok manbayi E a dan iborat. Elektr dvigatel 2 reduktor 3 orqali surilgich К va strelka 4 bilan bog'langan. Kompensatsion sxemaning surilgichi reoxord bo'ylab kuchlanish tushuvi tomon avtomatik siljiydi. Bu siljish reversiv elektr dvigatel RD yordamida bajariladi va nomuvozanat (kuchlanish nolga teng) bo'lgunicha davom etadi. Shunday qilib, surilgich К va unga biriktirilgan strelkaning vaziyati TEYK ning qiymatini, demak, o'lchanayotgan haroratni ko'rsatadi. Qarshilik R kompensatsion zanjirdagi ish tokini rostlash uchun xizmat qiladi. 2.11-rasmda zamonaviy avtomatik potensiometr (KSP-4) o'lchash qis- mining prinsipial sxemasi keltirilgan. Potensiometr o'lchash ko'prigining diagonallaridan biriga elektron kuchaytirgich EK va termojuft TP ketma-ket ulangan. Termojuftni ulash elektromagnit maydon ta'sirini kamaytirish uchun mo'ljallangan filtr (rasmda filtrning Rj—S f sodda sxemasi ko'rsatil- 51 gan) orqali bajariladi. O'lchash ko'prigining ikkinchi diagonaliga stabillash- gan tok manbayi STM ulanadi. Bu manba o'lchash zanjiridagi ish tokining o'zgarmasligini ta'minlaydi. Termojuft TP dan (yoki biron boshqa datchikdan) olingan o'lchash axboroti signalining o'zgarishi bilan elektron kuchaytirgichning kirishiga nobalanslik signali beriladi. Bu signal ma'lum bir o'zgartgich orqali o'zgaruvchan tokka aylanib, reversiv dvigatel RD aylanish holatiga kelgun- cha kuchayadi. Reversiv dvigatelning aylanish yo'nalishi nobalanslik ishorasiga bog'liq. Bu aylanish natijasida mexanik uzatma (shkiv yoki tros) yordamida R r reoxord surilgichi nobalanslik signali o'chguncha siljiydi. Bulardan tashqari, potensiometr o'lchash sxemasiga qurilmaning umu- man normal ishini ta'minlovchi bir qator elementlar kiradi. R sh , R k , r k qarshiliklar reoxord qarshiligi R r ni rostlash uchun xizmat qiladi: bunda asbobning darajalanish va o'lchash oralig'i, ya'ni o'lchash chegaralari nazarda tutilishi lozim. Qarshilik R n va g n lar yordamida shkala boshlanishi rostlanadi. R d ballastli qarshilik, R rt , R rt va R s rezistorlar STM ta'minlash manbayining ish tokini cheklash va rostlash uchun qo'llaniladi. R m rezistor termojuft erkin uchlaridagi harorat o'zgarishining ta'sirini kompensatsiya qilish uchun mo'ljallangan va termojuft uchlari ulangan joy, ya'ni asbob- ning kirish panelida joylashgan, R M dan tashqari hamma rezistorlar manga- nindan, R m rezistor esa mis yoki nikeldan tayyorlanadi. Potensiometrlarning turli xil o'lchamlardagi ko'rsatuvchi, qayd qiluv- chi, signal beruvchi, rostlovchi turlari ishlab chiqariladi. Avtomatik potensiometrlarning aniqlik sinfi: 0,25; 0,5 va 1,0. Termoparaning TEYK ini aniq o'lchash va magnitoelektr millivoltmetr hamda avtomatik potensiometrlarni tekshirish uchun o'zgarmas tokda ishlaydigan laboratoriya potensiometrlaridan foydalaniladi: ko'chma PP-63 va PP-70; namunaviy R330, R371 va boshqa potensiometrlar. Namunaviy asboblarning aniqlik sinfi: 0,002 va 0,005. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling