Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Fotoelektr pirometrlarning ishlash prinsipi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

Fotoelektr pirometrlarning ishlash prinsipi fotoelementning fototokni 
o'zgartirish xususiyatiga asoslangan. Fototok tushayotgan yorug'lik oqimi 
jadalligiga bog'liq bo'lib, uning kuchi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
(2.84) 
bu yerda: a — asbobning sezgirligiga bog'liq bo'lgan asbob doimiysi; n — asbob-
ning spektr xarakteristikasiga bog'liq bo'lgan asbob doimiysi; T — fizik jismning 
harorati. 
Olingan haroratning nurlanishini xarakterlovchi fototok juda kichik 
bo'lib, uni kuchaytirish uchun elektron kuchaytirgichlar qo'llanadi. 
FEP (2.25-rasm) turidagi fotoelektr pirometrlarda nur oqimi bo'yicha 
manfiy teskari bog'lanishdan foydalaniladi. Mazkur bog'lanish yorug'ligi 
elektron kuchaytirgich chiqishida kuchlanish funksiyasidan iborat bo'lgan 
qizdirish lampasining fotoele-
mentni yoritishi bilan amalga oshi-
riladi. Nurlanayotgan jismdan 
chiqayotgan nur oqimi linza bi-
lan bir joyga yig'iladi va qizil 
yorug'lik filtri 2 kassetasining 
yuqori teshigi orqali fotoelement 
3 ga tushadi. 
Fotoelementga kassetaning 
pastki teshigi orqali ham cho'g'-
lanish lampasi 4 dan nur oqimi 
tushadi. Fotoelementning galma-
gal goh nurlanayotgan jismdan, 
70 


goh cho'g'lanish lampasidan yoritilishi yorug'lik filtri kassetasining oldiga 
o'rnatilgan yorug'lik modulatorining 50 Hz chastota bilan tebranuvchi 
to'sig'i 5 yordamida ta'minlanadi. 
Yorug'lik filtri kassetasida tebranuvchi to'siq va teshiklar shakli shunday 
tanlanganki, fotoelementga ikkala nurlanish manbayining sinusoidal o'zga-
ruvchi nur oqimlari tushadi. Bunda ikkala nur oqimlarining fazalari 180° ga 
siljigan bo'ladi. 
Fotoelement chiqishida fototok paydo bo'ladi, uning kattaligi jism va 
lampa tomonidan yoritilganlik darajasiga bog'liq. Shu yoritilganliklar teng 
bo'lmasa, fotoelement zanjirida o'zgaruvchan fototok hosil bo'lib, u yo jism 
fototoki bilan, yo lampa fototoki bilan ustma-ust tushadi. Bu tok foto-
element chiqishida rezistorda kuchlanishning sinusoidal tushuvini hosil 
qiladi, bu kuchlanish С kondensator orqali uch bosqichli elektron 
kuchlanish kuchaytirgichi 6 ga uzatiladi. Fototokning nur oqimlari farqiga 
mutanosib bo'lgan o'zgaruvchi tashkil etuvchisi 6 kuchaytirgichda kuchay-
tiriladi va fotosezgir detektor 7 orqali elektron lampaga uzatiladi. Shu lampa 
toki chiqish parametridan iborat. Elektron lampaning anod zanjiriga manfiy, 
teskari bog'lanishli lampa 4 ulangan. Lampani qizdirish toki o'lchanayotgan 
jism va lampaning yoritilganligi o'zaro teng bo'lguncha va fototokning 
o'zgaruvchi tashkil etuvchisi o'zaro nolga teng bo'lguncha o'zgartirib boriladi. 
Bu bilan lampadagi tok kuchi o'lchanayotgan jismning yorug'lik harorati 
bilan bir qiymatli bog'liq bo'lib qoladi. 
Lampani ta'minlovchi tok kuchi tezkor avtomatik potensiometr bilan 
lampa zanjiridagi R qarshilikdagi kuchlanish tushuvi miqdori bo'yicha 
o'lchanadi. Potensiometr yorug'lik harorati darajalari bilan darajalangan. 
Fotoelektr pirometrning o'lchash chegaralari 800 dan 4000°C gacha. 
Asosiy xatolik o'lchash yuqori chegarasining ±1% ini tashkil etadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling