Fotoelementli rangli pirometrning prinsipial sxemasi 2.26-rasmda ko'r-
satilgan. O'lchanayotgan jismdan chiqqan nurlanish obyektiv 1 orqali
o'tib, fotoelement
3 ga tushadi. Fotoelement oldida qizil va ko'k filtrli
aylanuvchi disksimon obturator
2 o'rnatilgan. Fotoelement goh qizil, goh
ko'k ranglar bilan yoritiladi va shunga ko'ra tegishli impulslar chiqaradi. Bu
impulslar elektron kuchaytirgich
4 bilan kuchaytirilib, logarifmlovchi
qurilma
5 orqali o'zgarmas tokka aylantiriladi. Bu tok qayd qilinadi. Piro-
metrning o'lchash chegarasi 1400°C dan 2800°C gacha. Asosiy xatolik
o'lchash yuqorigi chegarasining ±1% ini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda PIT-1 deb ataladigan pirometrlar keng tarqalmoqda.
Ular spektral nisbatli pirometrdan iborat bo'lib, xotirasida saqlanadigan
axborot asosida hisoblanadigan tuzatishni avtomatik kiritiladi. Pirometr 800
... 2000°C o'lchash diapazoniga mo'ljallangan. Haqiqiy haroratni o'lchash
xatoligi ±1% dan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: