Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Qalqovichli difmanometrlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash
prinsipi kosali manometrlarnikiga o'xshash, ammo ularda bosimni o'l- chashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o'zgarishi natijasida qal- qovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qal- qovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko'pincha, bosimning o'zga- rishini o'lchash uchun ishlatiladi. 3. 2- rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko'rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga P, > P 2 bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h 2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h x ga ko'tariladi. R—P 2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustunining h uzunligi orqali muvozanatlashadi: 80 (3.11) Bosimlar farqining muvozanat sharti quyidagi tenglama orqali ifoda- lanadi: (3.12) bu yerda: AR — bosimlar farqi, Pa; A — difmanometr ichidagi suyuqlikning zichligi, kg/m 3 . Silindr shaklidagi idishlar uchun bu shart quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: (3.13) bu yerda: S, — manfiy idish kesimining yuzasi, m 2 ; S 2 — musbat idish kesimining yuzasi, m 2 ; yoki (3.14) bu yerda: d va D — manfiy va musbat idishlarning diametri, m. (3.14) tenglamadan (3.15) (3. 15) tenglamani (3.11) ga qo'ysak, quyidagiga ega bo'lamiz: (3.16) (3. 16) ni (3.12) ga qo'yamiz: (3.17) D 2 Ma'lum asbob uchun (1 + —^) va g(p — p ( ) kattaliklar doimiy bo'lgani uchun ularni К va K x orqali ifodalasak: (3.18) Shunday qilib, difmanometr idishlaridagi bosimlar farqi qalqovichning siljishi bilan ta'riflanadi. Agar musbat idishning hajmi o'zgarmas bo'lib, manfiy idishning diametri va uzunligi o'zgartirilsa, bosimlar farqini o'lchash chegaralarini o'zgartirish mumkin. (3.11) va (3.15) tenglamalarni birgalikda yechib, manfiy idishning diametrini topamiz, ya'ni: (3.19) 6 — N. R. Yusupbekov va boshq. 81 (3.19) tenglamadan D, h va h 2 laming berilgan qiymatlarida manfiy idishning kerakli diametri aniqlanadi. Qalqovichli difmanometrlaming turli maqsadlarga mo'ljallangan xillari chiqariladi. Simob bilan to'ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o'lchash chegarasi 6,3 dan 25 MPa gacha, ortiqcha bosimni o'lchash chegarasi esa 4 dan 40 MPa gacha. Moy bilan to'ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o'lchash chegarasi 40 Pa dan 4 kPa gacha, statik ortiqcha bosimni o'lchash chegarasi esa 0,25 MPa gacha. Texnik difmanometrlar 1 va 1,5 aniqlik sinfida chiqariladi. Qalqovich siljishi bosimning maksimal farqida difmanometming barcha turlari uchun 30,5 mm ga teng. Ko'rsatishlarni 50 m dan ortiq masofaga uzatish zarur bo'lgan hollarda elektr va pnevmatik o'zgartkichli masofaga uzatuvchi difmanometrlar qo'llanadi. Asbobsozlik sanoati DP turidagi ko'rsatuvchi va o'ziyozar qalqovichli difmanometrlar ishlab chiqaradi. Yetti tur — o'lchamli almashtiriladigan manfiy idishlar chiqariladi. Ular 25 MPa gacha statik bosimda 6,3 kPa dan 0,1 MPa gacha bo'lgan bosimlar farqini o'lchaydi. Asboblaming xatoliklari o'lchash chegarasining ±2% idan oshmaydi. Yuqorida ko'rilgan suyuqlikli manometrlarning va difmanometrlaming afzalligi ularning soddaligi va katta aniqlikda o'lchashda ishonchliligidadir. Qalqovichli difmanometrlarda to'ldiruvchi ishchi suyuqlik sifatida simob, vazelin moyi, shuningdek, transformator moyi ishlatilar edi, ammo simobning zararliligi tufayli uning ishlatilishi keskin cheklangan, shuning uchun qalqovichli asboblar o'miga ko'proq deformatsion asboblar ishla- tilmoqda. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling