Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

3.3-§. PRUJINALI ASBOBLAR 
Prujinali (deformatsion) asboblaming ishlash prinsipi bosim ta'sirida turli 
elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o'lchashga 
asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta'sirida vujudga keladigan defor-
matsiyalanish natijasida o'lchash asbobining strelkasi to'g'ri chiziqli yoki 
burchakli shkala bo'yicha siljib, bosim qiymati P ni ko'rsatadi. 
Prujinali asboblaming o'lchash aniqligi yuqori bo'lishi uchun ulardagi 
elastik elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffitsiyentlari kam 
bo'lgan materiallardan tayyorlangan bo'lishi va gisterezis hamda qoldiq 
elastiklik hodisalari bo'lmasligi talab qilinadi. 
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu 
kabilami o'lchash uchun qo'llanadi. Keng tarqalgan elastik sezgir elementlar 
3.3-rasmda tasvirlangan, ularga naychali prujina (a), sifonli (b), yassi va 
gofrirlangan membranalar (с, d), membranali quticha (e), bikir markazli 
yumshoq membranalar i f ) kiradi. 
82 


Statik xarakteristikaning shakli va tikligi sezgir elementning tuzilishiga, 
materialga va haroratga bog'liq. Sezgir elementlarning elastiklik holati kuch 
bo'yicha qattiqlik koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi: 
bu yerda: F, S
E
— mos ravishda elastik sezgir elementga ta'sir etadigan kuch va 
elementning foydali yuzi; h — sezgir element erkin uchining siljishi. 
Prujinali asboblarning afzalligi ularning soddaligi, ishonchliligi, univer-
salligi, ixchamligi va o'lchanayotgan kattaliklarning katta diapazonidan 
iborat. 
Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon 
manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar laboratoriya va ishlab 
chiqarish amaliyotida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o'ramli naychasimon 
prujinali asbob — manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmano-
metrlar juda ko'p qo'llanadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling