Nashriyot-matbaaijodiy uyi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
Silfonli asboblar. Sezgir element sifatida silfon keng qo'llanmoqda.
Silfonlar jez, bronza, zanglamas po'lat, plastmassa va boshqalardan tayyorlanadi. Ularning ba'zi turlari vintsimon prujinali qilib tayyorlanadi, buning natijasida gisterezis va nochiziqlik ta'siri kamayib, asbobning o'l- chash chegarasi kengayadi. Silfonlar bir qatlamli va ko'p qatlamli bo'ladi. Odatda, silfonlarning diametri 12... 100 mm, uzunligi 13... 100 mm, qatlamlari (gofralari) soni 4...24 atrofida bo'ladi. Silfonlarning siljishi 2,8...21 mm. Ularning siljish kattaligi silfonlarni o'ziyozar asboblarda qo'llashga imkon beradi. Silfonga ta'sir etgan ichki yoki tashqi bosim natijasida silfon uzunligi o'zgaradi. Ko'rsatuvchi va o'ziyozar asboblarda silfonli sezgir elementlardan quyidagi turlari ishlatiladi: MSP, MSS (manometrlar); MVSS (manova- kuummetrlar); VSP, VSS (vakuummetrlar); DSP, DSS (difmanometrlar); NSP, NSS (naporometrlar); TmSP, TmSS (tyagometrlar); TNSP, TNSS (yagona porometrlar). Bu asboblarning ko'pchiligi pnevmatik va unifikatsi- yalangan elektr datchiklar tizimiga kiradi. Silfonli naporometr va tyagomer- larda kichik bosimlarni 40000 Pa (4000 kgk/m 2 ); vakuumni (0,1 mPa gacha); mutlaq bosimni (2,5 mPa gacha); ortiqcha bosimni (60 mPa gacha); bosimlar farqini (0,25 mPa gacha) o'lchash uchun qo'llanadi. 3.5-rasmda silfonli pnevmatik tyagonaporometr (TNS-P) ning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Bu asbob o'lchashning pnevmatik tarmog'iga kiradi. Uning vazifasi bosim yoki siyraklanishni masofaga uzatuvchi mutanosib pnevmatik signalga uzluksiz aylantirishdir. 84 Asbobning ishlash prinsipi pnevmatik kuch kompensatsiyasiga asoslan- \ gan. Kompensatsiya maxsus pnevmatik qurilma yordamida bajariladi. O'lchanayotgan bosim yoki siyraklanish silfon — sezgir element 9 yorda- mida mutanosib kuchga aylanadi. Bu kuch avtomatik ravishda teskari bog'lanish kuchi orqali muvoza- natlashadi. Muvozanatlash richag 8, zaslonka (to'siq) 4 va Г-simon richag- dan tashkil topgan pishangli mexanizm orqali bajariladi. Teskari bog'lanish kuchi kompensatsion element — teskari bog'lanish silfoni 7 dagi siqilgan havo bosimi orqali hosil bo'ladi. O'lchanayotgan bosim o'zgarishi bilan pishang 8 va to'siq 4 soplo 5 ga nisbatan siljiydi. Natijada soplo 5 ning yo'lida (kanalida) nomoslik signali paydo bo'ladi. Bu signal kuchaytirgich 6 dan teskari bog'lanish silfoniga kelayotgan bosimni o'zgartiradi. O'lcha- nayotgan parametrning o'lchovi bo'lgan bosim bir yo'la masofaga uzatish liniyasiga (kanaliga) ham yuboriladi. Asbobni sozlash uchun rolik 2 xizmat qiladi, u richag 1 va 8 lar bo'ylab harakat qiladi. Prujina 3 asbobni nol belgisiga sozlaydi. Pnevmatik signalni 300 m masofaga uzatish mumkin. Bunday silfonli asboblar turli xilda va rusumda chiqariladi hamda turli chegarali o'lchashlarga mo'ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1 va 1,5. Silfonlarning asosiy kamchiliklari gisterezis mavjudligi va xarakteris- tikaning birmuncha nochiziqligidir. Gisterezis ta'sirini kamaytirish va bikir- likni oshirish maqsadida, ko'pincha, silfon ichiga prujina o'rnatiladi. Membranali asboblar. So'nggi yillarda membranali asboblar tobora keng qo'llanmoqda. Bu asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan tayyorlangan yumshoq, shuningdek gofra- langan plastinkasimon membranalar yoki gofralangan membrana qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar bilan uncha katta bo'l- magan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlar hamda bosimlar farqi o'lchanib, manometr- lar, naporomerlar, tyagomerlar va difmano- metrlar kabi asboblar mavjud. Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o'lchamlariga (diametri, qalinligi, gofralarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta'sir qiladigan bosimga bog'liq. Membranadagi gofralar uning bikirligini oshiradi va xarakteristikasining to'g'ri chiziqli bo'lishini ta'minlaydi. Membrananing bikirligini oshirish maq- sadida uning o'rta qismiga qattiq materialdan yasalgan disk yoki prujina o'rnatiladi. Mem- brana rezina, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan 85 tayyorlangan membrananing qalinligi o'l- chanadigan bosim qiymatiga qarab 0,02... 1,0 mm bo'lishi mumkin. Membranaga ikkala tomondan ta'sir eta- digan bosimlar farqi ta'sirida uning markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta'sirida siljishi katta emas va 1,5...2.0 mm ni tashkil etadi. Bu hoi asboblarning sezgirli- gini kamaytiradi va uzatish soni katta bo'l- gan mexanizm qo'llashni talab etadi. Mem- brana asboblarning bu kamchiliklari ularni ishlatish doirasini cheklaydi. Membrana elastik sezgir elementlar ko'proq membranali quticha ko'rinishida bo'lib, asboblar kichik bosim va siyrakla- nishni o'lchashda ishlatiladi. Bunday membranali asboblar ±250 Pa dan ±25 kPa gacha bo'lgan o'lchash chegaralariga mo'ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1,5 va 2,5. Elektr va pnevmatik tarmoqlar tarkibiga kirgan yumshoq membranali difmanometrlar (DM) keng tarqalgan. 3.6-rasmda membranali elektr difmanometrning prinsipial sxemasi keltirilgan. Asbobning ishlash prinsipi elektr signalli kuch kompensatsiyasiga asos- langan. O'lchanayotgan bosimlar farqi membranali o'lchash bloki 12 ning musbat va manfiy kameralariga beriladi. Membrana yordamida bosimlar farqi mutanosib kuchga aylantiriladi. Membranada hosil bo'lgan kuch pishang 11 yordamida o'zgartkichning pishangli uzatish mexanizmiga uzatiladi. O'zgartkich T-simon pishang 1, Г-simon pishang 2 va pishang 8 dan iborat bo'lib, teskari bog'lanish kuchi bilan muvozanatlanadi. Teskari bog'lanish kuchi magnitoelektr mexanizm 9 da (teskari bog'lanish quril- masi) bosimlar farqi o'zgarishi bilan hosil bo'ladi. Bunda pishangli 8, nomoslik indikatori 6 ning bayroqchasi 5 ni siljitadi. Indikatorda paydo bo'lgan nomoslik elektr signali kuchaytirgich 7 da kuchayadi va magnito- elektr kuch qurilmasi 9 ga keladi. Shu bilan birga bu signal masofaga uzatish liniyasiga keladi va o'lchanayot- gan parametr qiymatini bildiradi. Shunday qilib, asbobning chiqish signali o'lchanayotgan bosimlar farqiga to'g'ri mutanosib. Asbobning nol belgisiga sozlanishi prujina 4 yordamida bajariladi. Bu turdagi asboblar bosimlarni 100 Pa dan 6,3 kPa gacha chegaralarda o'lchash uchun moslangan, asboblarning aniqlik sinfi 1. Membranali asboblarning kamchiligi — sezgir element qo'zg'aluvchan markazining sust yurishi, membrana bikirligining hisobdan cheklanishi va uni rostlash murakkabligidadir. Sezgir elementlarning bu kamchiligi elektr 86 va pnevmatik kuch kompensatsiyasi sxemasi bo'yicha qurilgan asboblarda bartaraf etiladi. Qovushqoq suyuqliklar va kimyoviy agressiv muhitlar bosimini o'lchash uchun membranali manometrlar eng qulay, chunki asboblar nippelidagi to'g'ri va keng kanal hamda membrana ostidagi katta bo'shliq qovushqoq suyuqlik uchun erkin yo'l ochib beradi va ifloslanish ehtimolining oldini oladi. Asbob sezgir qismining sodda shakli membranani agressiv muhit ta'siridan yengillik bilan himoya qiladi. Buning uchun membrananing pastki sirti kimyoviy chidamli metalldan qilingan yupqa folga bilan yoki chidamli plastmassa (ftoroplast va h.k.) dan qilingan plyonka bilan qoplanadi. Membrananing bikirligini oshirish maqsadida uning o'rta qismiga qattiq materialdan yasalgan disk yoki prujina o'rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan membrananing qalinligi o'lchanadigan bosim qiymatiga qarab 0,02... 1,0 mm bo'lishi mumkin. Membranaga ikkala tomondan ta'sir etadigan bosimlar farqi ta'sirida uning markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta'sirida siljishi katta emas va 1,5...2,0 mm ni tashkil etadi. Bu hoi asboblaming sezgirligini kamaytiradi va uzatish soni katta bo'lgan mexanizm qo'llashni talab etadi. Membrana asboblaming bu kamchiliklari ularni ishlatish doirasini cheklaydi. Membrana elastik sezgir elementlar ko'proq membranali quticha ko'rinishida bo'lib, asboblar kichik bosim va siyraklanishni o'lchashda ishlatiladi. Bunday membranali asboblar ±250 Pa dan ±25 kPa gacha bo'lgan o'lchash chegaralariga mo'ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1,5 va 2,5. Elektr va pnevmatik tarmoqlar tarkibiga kirgan yumshoq membranali difmanometrlar (DM) keng tarqalgan. 3.6-rasmda membranali elektr difma- nometming prinsipial sxemasi keltirilgan. Asbobning ishlash prinsipi elektr signalli kuch kompensatsiyasiga asos- langan. O'lchanayotgan bosimlar farqi membranali o'lchash bloki 12 ning musbat va manfiy kameralariga beriladi. Membrana yordamida bosimlar farqi mutanosib kuchga aylantiriladi. Membranada hosil bo'lgan kuch pishang 11 yordamida o'zgartkichning pishangli uzatish mexanizmiga uzatiladi. O'zgartkich T-simon pishang 1, Г-simon pishang 2 va pishang 8 dan iborat bo'lib, teskari bog'lanish kuchi bilan muvozanatlanadi. Teskari bog'lanish kuchi magnitoelektr mexanizm 9 da (teskari bog'lanish quril- masi) bosimlar farqi o'zgarishi bilan hosil bo'ladi. Bunda pishangli 8, nomoslik indikatori 6 ning bayroqchasi 5 ni siljitadi. Indikatorda paydo bo'lgan nomoslik elektr signali kuchaytirgich 7 da kuchayadi va magni- toelektr kuch qurilmasi 9 ga keladi. Shu bilan birga, bu signal masofaga uzatish liniyasiga keladi va o'lchanayotgan parametr qiymatini bildiradi. Shunday qilib, asbobning chiqish signaU o'lchanayotgan bosimlar farqiga to'g'ri mutanosib. Asbobning nol belgisiga sozlanishi prujina 4 yordamida 87 bajariladi. Bu turdagi asboblar bosimlarni 100 Pa dan 6,3 kPa gacha chegaralarda o'lchash uchun moslangan, asboblarning aniqlik sinfi 1. Membranali asboblarning kamchiligi — sezgir element qo'zg'aluvchan markazining sust yurishi, membrana bikirligining hisobdan cheklanishi va uni rostlash murakkabligidadir. Sezgir elementlarning bu kamchiligi elektr va pnevmatik kuch kompensatsiyasi sxemasi bo'yicha qurilgan asboblarda bartaraf etiladi. Qovushqoq suyuqliklar va kimyoviy agressiv muhitlar bosimini o'lchash uchun membranali manometrlar eng qulay, chunki asboblar nippelidagi to'g'ri va keng kanal hamda membrana ostidagi katta bo'shliq qovushqoq suyuqlik uchun erkin yo'l ochib beradi va ifloslanish ehtimolining oldini oladi. Asbob sezgir qismining sodda shakli membranani agressiv muhit ta'siridan yengillik bilan himoya qiladi. Buning uchun membrananing pastki sirti kimyoviy chidamli metalldan qilingan yupqa folga bilan yoki chidamli plastmassa (ftoroplast va h.k.) dan qilingan plyonka bilan qop- lanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling