Nashriyot-matbaaijodiy uyi


To'liq nurlanish (radiatsion) pirometrlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

To'liq nurlanish (radiatsion) pirometrlari. Radiatsion pirometrlar (to'liq 
nurlanish pirometrlari) qizdirilgan jismning haroratini o'lchashga mo'l-
jallangan. Pirometr optik tizim (linza, oyna) bilan ta'minlangan. Bu tizim 
jismdan chiqqan nurlarni mitti termobatareya, qarshilik termometri va yarim-
o'tkazgichli termoqarshiliklardan iborat o'zgartgichga to'playdi. O'lchash 
asboblari sifatida millivoltmetr, avtomatik potensiometr va muvozanat-
lashtirilgan ko'priklardan foydalaniladi. 
2.27-rasmda termobatareyali radiatsion pirometrning prinsipial sxemasi 
ko'rsatilgan. Pirometr obyektiv linza 1 va okularli teleskop 2 dan iborat. 
Nurlanish manbayidan chiqqan nurlarning yo'lida cheklovchi diafragma 3 
o'rnatilgan, obyektiv linza fokusida esa termobatareya 4 joylashgan. Okular 
72 


linza oldiga ko'zni muhofaza qiluvchi rangli shisha 5 qo'yilgan. Termoba-
tareyada to'plangan nurlar uni qizdira boshlaydi va nurlanishning to'liq 
energiyasiga mutanosib bo'lgan EYK paydo bo'ladi. Bu EYK millivoltmetr 
bilan o'lchanadi. 
100°C dan 4000°C gacha haroratni o'lchaydigan radiatsion pirometr-
larning turli tuzilishlari mavjud bo'lib, ular o'zlarining optik tizimi, termo-
juftlarni ulash sxemasi va boshqa elementlari bilan farq qiladi. O'zgart-
gichlari qarshilik termometridan iborat bo'lgan ba'zi radiatsion pirometrlarga 
nisbatan kichik, masalan, 20°C dan 100°C gacha haroratlarni o'lchay oladi. 
O'zgartgich qabul qiladigan nurlar energiyasini aniq hisobga olish juda 
qiyin. Chunki o'zgartgich va atrof-muhit o'rtasida o'zaro issiqlik almashuvi 
mavjud. Shuning uchun, asbob hisobga olib bo'lmaydigan xatolarga yo'l 
qo'yishi tabiiy. 
Lekin, shu kamchiliklarga qaramay, radiatsion pirometrlar sanoatda juda 
keng qo'llaniladi. Pirometrlarning ko'rsatishlarini masofaga uzatish yoki 
avtomatik ravishda yozib olish va ular yordamida haroratni rostlash mumkin. 
2500°C gacha haroratni o'lchashda pirometr ko'rsatishlarining xatosi 
±1,5%, 2500°C dan ortiq haroratni o'lchaganda esa ±2,5% dan oshmaydi. 
Seriyalab chiqarilayotgan APIR-S turidagi to'liq nurlanish pirometrlari 
haroratni 30 dan 2500°C gacha bo'lgan oraliqda o'lchashga mo'ljallangan. 
Maxsus tayyorlangan pirometrlar —100 dan +3500°C gacha haroratlar 
oralig'ida qo'llaniladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling